105
7.2. Segmentlash turlari, usullari va tamoyillari
Odatda segmentasiya jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi (7.1-
rasm). Makrosegmentasiya deb nomlanadigan birinchi bosqichda «tovar
bozori» aniqlanadi. Mikrosegmentasiya
deb nomlanadigan ikkinchi
bosqichda esa ilgari aniqlangan bozor ichida iste’molchilar segmentlari
aniqlanadi.
7.1-rasm. Bozor segmeyatasiyasining asosiy belgilari
Geografik segmentasiya
– geografik kartani qo’llashga
asoslangan
eng oddiy usul. Bu usulni aholining madaniy urfodatlarida va iqlimda farq
bo’lganda qo’llash zarur. Geografik segmentasiya reklamani tashkil
etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Geografik belgi bo’yicha
segmentasiyalash bozorning har xil geografik zonalarga bo’linishini
nazarda tutadi: davlatlar,
shaharlar, tumanlar. Firmalar bitta yoki bir nechta
geografik hududlarda faoliyat yuritish haqida qaror qabul qilishi mumkin,
lekin geografiya bilan belgilanadigan ehtiyojlar va afzalliklarni hisobga
olishi kerak.