|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis institutiBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandPsixografik segmentasiya
u yoki bu iste’molchilar guruhining
tovarga nisbatan bo’lishi mumkin bo’lgan ta’sirotini aniqlashga asoslanadi.
Lekin odamlarning shaxsiy xususiyatlari bozor tahlilida muhim omil bo’la
turib, o’zicha bozor segmentini boshqa omillarga bog’liq bo’lmagan holda
tanlash uchun yetarli darajada asoslangan belgi bo’lib xizmat qila olmaydi.
Bozorni axloqiy (o’zini tutish) bo’yicha segmentasiya qilish
psixografik segmentasiyaning xususiy hodisasi sifatida qaraladi. Odatda,
mazkur mahsulotga eng ko’p muhtoj bo’lgan iste’molchilar nisbatan katta
bo’lmagan guruhini tashkil qiladilar, lekin bozorga kelib tushadigan
mahsulotning ko’proq qismini sotib oladilar.
Bozorni segmentlarga ajratish bo’yicha korxonaning amaliy faoliyati
quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
1. Segmentasiya tamoyillarini aniqlash (tiplarni, segmentasiya
belgilaridagi ustunliklarni, segmentasiyalarni baholash mezonlarini).
2. Profillar, diagrammalar, matrisalar tuzish, ya’ni tanlangan
segmentasiya tamoyillarini aks ettirishning muayyan makon modeliga mos
holda bozorni bo’laklarga ajratish.
3. Hosil bo’lgan segmentlarning jozibaligi darajasini tanlangan
mezonlari yordamida baholash.
4. Bozorning bitta yoki bir nechta segmentlariga o’zining tovarlari
(xizmatlari) va siljitish vositalari bilan chiqish imkoniyatini tanlash.
5. Bozorning har bitta tanlangan bozor segmentida tovar (xizmat)ni
mavqyelashtirish haqidagi qaror.
6. Har bir maqsadli segment uchun marketing strategiyasini ishlab
chiqish.
Nemis marketologi G.G.Lettau tomonidan bozor segmentasiyasi
uchun taklif etilgan mezonlardan foydalanamiz (7.1-jadval).
107
7.1-jadval
Bozor segmentasiyasi belgilari
|
| |