117
belgilangan tartibda tasdiqlangan standartlar, texnik shartlar va
namunalarga muvofiq kelmog’i kerakligi ko’zda tutilgan.
Tovarlar kelib chiqishi,
kimyoviy tarkibi, turli xossalariga ko’ra
tasnif etiladi. Tovarlarning sifat ko’rsatkichlarini bilish natijasida xossalari
oldindan belgilangan mahsulot tayyorlab chiqarish, yangi, yanada ilg’or
xom ashyo va material turlaridan foydalanish hisobiga xom ashyo bazasini
kengaytirish, tayyor mahsulot sifatini yuksaltirish mumkin bo’ladi. Tayyor
mahsulotning sifati loyiha-texnologiya hujjatlarini tayyorlash hamda
ishlov berish texnologik jarayoni darajasiga bog’liq bo’ladi.
Sifat ko’rsatkichlari nomenklaturasi mahsulotning vazifasiga ko’ra
belgilanadi: ko’p maqsadlardagi vazifalarga atalgan mahsulot uchun
ko’rsatkichlar nomenklaturasi odatda ko’p sonli bo’ladi, bir maqsadga
atalgan mahsulot uchun esa bir ma’noli ko’rsatkichga ega bo’ladi.
Shuningdek to’g’ri,
bilvosita, nisbiy, integral va bazaviy sifat
ko’rsatkichlari ham bo’ladi.
To’g’ri
sifat ko’rsatkichlari mahsulotning
iste’mol xossalari bilan (masalan, cho’yan yoki po’lat pishiqligining
ko’rsatkichlari) bevosita bog’langan bo’ladi,
bilvosita
ko’rsatkichlar esa
bir qancha omillarga (masalan, cho’yan yoki po’latning kimyoviy tarkibi)
bog’liq xossalar bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
Nisbiy
sifat ko’rsatkichi
muayyan mahsulot sifati ko’rsatkichining tegishli etalon bazasi
ko’rsatkichiga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi va o’lchamsiz
miqdorlar
bilan ifodalanadi.
Mahsulot sifatini nazorat etib turish uslublari g’oyat xilma-xil: vizual
ko’zdan kechirish, orgonoleptik tahlil qilish va asboblar bilan nazorat
qilishdan iborat bo’lishi mumkin. Sifatni aniqlash bosqichiga qarab
dastlabki, oraliq va uzil-kesil nazorat xillari bo’ladi. Oldindan nazorat
chog’ida dastlabki xom ashyo sifatiga baho beriladi,
oraliq
nazoratda xom
ashyoga ishlov berish borasida texnologik jarayonga nechog’liq
rioya
etilayotganligiga baho beriladi.
Uzil-kesil
nazorat tayyor mahsulot sifatini,
uning yaroqliligi va standartlarga nechog’lik muvofiq kelish-kelmasligini
belgilaydi.
Tovarlarga qo’yiladigan talablar- bu tovarlar mos kelishi lozim
bo’lgan shart va talablar yig’indisidir. Bunday talablar tovarlar bajaradigan
funksiyalar va ulardan foydalanish shart-sharoitlariga qarab turlicha
bo’lishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan tovarlarga qo’yiladigan talablar ham
o’zgarib boradi, tabaqalanadi. Bu narsa
ilmiy-texnik taraqqiyot bilan,
iste’molchilar talabi, dididagi o’zgarishlar bilan, ehtiyojning qondirilish
darajasining o’zgarib borishi bilan bog’liqdir.