|
Tovarlar raqobatbardoshligini belgilaydigan ko’rsatkichlar tizimiBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand9.3. Tovarlar raqobatbardoshligini belgilaydigan ko’rsatkichlar tizimi
Tovarning raqobatbardoshligi
deganda tovarning nisbiy va
umumlashgan tavsifi tushuniladi. Ular ehtiyojlarni qondirish va ushbu
qondirishga ketgan harajatlar darajasiga qarab uning raqobatchi tovardan
ustunlik farqlarini ifodalaydi. Bu umumiy tushuncha quyidagi guruhlarga
birlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi orqali ochib berilishi mumkin:
texnik;
iqtisodiy;
ijtimoiy-tashkiliy.
Texnik ko‘rsatkichlar
(asosan tovarning sifatini tavsiflaydi) eng
qat’iydir, chunki ularga qarab tovarning mo‘ljallanganligi, mahsulotning
muayyan turi (sinfi)ga tegishli ekanligi haqida fikr yuritish mumkin. Bu
ko‘rsatkichlar, shuningdek, texnik-konstruktorlik qarorlarida aks ettiriladi.
Bu yerga texnik ko‘rsatkichlarning o‘zgarish chegaralarini belgilaydigan
andozalar, me’yorlar, qoidalar, qonuniy aktlar kiritiladi. Shuningdek,
tovarning inson organizmi va uning psixikasiga qanchalik to‘g‘ri kelishi,
aks ettiruvchi ergonomik ko‘rsatkichlar ham kiradi (ishlashning qulayligi,
charchash tezligi, insonning mashina bilan mosligi darajasi).
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar
tovarlarni ishlab chiqarish harajatlari
miqdori, uning narxi, transportirovka harajatlari, o‘rnatish, tuzatish,
ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish, xodimlarni o‘rgatish harajatlari bilan
ifodalanadi. Shu bilan birga bu harajatlar
iste’mol bahosini
hosil qiladi.
Iste’mol bahosi, odatda, sotish narxidan yuqori, chunki haridor faqat
tovarni sotib olishga emas, balki uning iste’moliga ham mablag‘ sarflaydi.
Ijtimoiy-tashkiliy ko‘rsatkichlar
– bu iste’molchilarning ijtimoiy
strukturasi, ishlab chiqarishning tashkil etilishidagi milliy xususiyalar,
sotish, reklamaning hisobga olinishidir.
131
Tovarning iste’mol xususiyatlari, uning iste’mol uchun foydaliligi
qator ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi. Masalan,
|
| |