143
1375 so’mdan 20 foiz = 1375 + 275 = 1650 so’m.
Har xil tovarlar uchun savdo ustamalari bir-biridan farq qiladi.
Narxni aniqlashga bunday yondashuvda bozor talabi va raqobatchilar narxi
hisobga olinmaydi.
Bundan tashqari, sotiladigan
mahsulotning hajmini
aniqlash qiyin bo’lganligi sababli, ishlab chiqarish xarajatlarining hajmini
aniqlashda ham qiyinchilik tug’iladi.
Shunga qaramasdan,
bahoni
aniqlashning bu usuli tez-tez qo’llaniladi,
chunki bu usul oddiy va
tushunarlidir. Narx belgilashning xarajatlarni
hisoblashga asoslangan
uslublaridan yana biri zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning
tahlili asosida olib boriladigan usul hisoblanadi.
Zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning
tahlili asosida narx
belgilash usuli. Ma’lumki, har bir korxona ma’lum bir foydani ko’zlab
narx qo’yishga intiladi. Narxlashtirishning bu
usuli zararsizlik grafigiga
asoslanadi. Zarasizlikning gipotetik grafigi 10.5-rasmda ko’rsatilgan.
1000
Yalpi daromad
800