134
5. Firma ofisining qabulxonasida turgan gilam iste’mol tovarlari
guruhiga yoki ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar guruhiga
kiradimi?
6. Agar yangi avtomobilni sotib olish imkoniyati bo‘lganda siz
olingan axborotlarga asoslangan holda qaysi avtomobilni tanlagan bo‘lar
edingiz? O‘z tanlovingizni tushuntiring.
7. Quyidagi tovarlarning hayotiy davri bosqichlarini tahlil qilib
bering:
Samarqand mineral suvi, «Neksiya» avtomobili, xon-atlas
gazlamasi. Tushuntirib bering, qanday qilib siz tovarning hayotiy davri
bosqichlarini bir-biridan ajratdingaz?
8. Tovar hayotiy davrining qaysi bosqichi eng muhim?
Qaysi
nihoyatda jur’atli? Qaysi katta daromadga ega? Javoblarni isbotlab bering.
135
X BOB. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI
10.1. Marketingda narx (price) tushunchasi, narxning funksiyalari.
10.2. Narxlashtirish jarayoni. Narxlashtirish usullari.
10.3. Narx strategiyalari va ularning mazmuni
10.1. Marketingda narx (price) tushunchasi, narxning funksiyalari.
Narx – bozor elementlaridan biri bo’lib tovarlarning puldagi
qiymatini aks ettiradi. Narx marketing kompleksining muhim elementi
bo’lib hisoblanadi. Narx orqali kompleks natijaga erishiladi. To’g’ri va
oqilona tanlagan narx strategiyasi korxona
faoliyatining hamda uning
tovarining
uzoq
vaqt
davomida
muvaffaqiyatini,
shuningdek
raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
Narx – bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining
vositasidir. Bozor xo’jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida
samarali faoliyat yuritishi mumkin. Korxona tovarlariga narx belgilashda
bir qancha omillarni hisobga olishiga to’g’ri keladi. Narx belgilashda
hisobga olinadigan omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
korxonani narx belgilashda qanchalik erkinligi,
taklif etilayotgan
tovarlarga bo’lgan talabning holati, iste’molchilarning xatti-harakati,
raqobatchi korxonalarning soni va ularning strategiyasi kabilar.
Marketing kompleksida narx ikkinchi element bo’lib, daromadni
belgilaydigan asosiy ko’rsatgichdir. Narx iste’molchi uchun uning
ehtiyojining qondirilish darajasini belgilovchi asosiy o’lchovi bo’lsa,
sotuvchi uchun
esa uning xarajatlarini qoplab, ko’zlangan foydasining
o’lchovidir.
Narx deganda maxsulot, xizmatlar uchun va uni sotib olish uchun
iste’molchi sarf qiladigan pul miqdorini tushunamiz. Lekin, narx hamma
vaqt ham pul shaklida ifodalanmaydi. Masalan,
barter natural
almashishining qadimiy shakli hisoblanadi.
Narx siyosati marketing strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi
va korxonaning bozorda maqsadga erishish jarayonida narxlarni belgilash
bo’yicha faoliyatini boshqarish tamoyillari va uslublari tizimi sifatida
xizmat qiladi. Shu vaqtning o’zida narx siyosati marketing-miksning eng
muhim elementi bo’lgan holda ko’p jihatdan korxonaning moliyaviy
ahvolini, uning likvidligini va moliyaviy
xavf-xatarga munosabatini
belgilaydi. Narx siyosati bozordagi raqobat kurashining eng samarali
vositasi bo’lib qolmoqda.
136
Makroiqtisodiy nazariya bundan 150 yil ilgari ham, tovarni sotishga
faqat narx yordamida ta’sir ko’rsatishi mumkin deb uqtirib o’tgan. Bu
vaziyatni yuqori baholashnining asosiy sababi shundan iboratki, Adam
Smit va David Rikardolar davrida faqat bir xil xom-ashyo va bir xil
iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, iste’molchilar
diqatini tovarning
markasi, o’rami va reklamasi yordamida jalb qilish imkoniyati deyarlik
mavjud bo’lmagan. Ikkinchidan, mahsulot narxiga asosiy e’tibor
qaratilganligi, pulni miqdor jihatidan oson o’lchash mumkinligi va narxni
sifatga nisbatan talab va taklifda oson qo’llash mumkinligi bilan
tushuntiriladi.
Quyidagi 10.1-rasmda talab va taklifning klassik modeli ko’rsatilgan.
Bu 10.1-rasm ma’lumotidan ko’rinib turibdiki,
talab narxining
o’sishi bilan kamayadi, aksincha taklif ortadi. Ishlab chiqaruvchi narx
orqali uning mahsuloti qanchalik darajada kerakligi haqida axborotga ega
bo’ladi.