|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis institutiBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqandfunksional xususiyatlar
iste’mol predmetining uning maqsadiga mos kelishini belgilab beradi,
ijtimoiy xossalari
esa tovar xususiyatlarining aholi har xil guruhlarining
ehtiyojlarini qondira olishini tavsiflaydi,
estetik xususiyatlar
tovarning
his-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan shakl belgilari orqali o‘zining ijtimoiy
qimmatini ifodalash qobiliyatini belgilaydi (ijtimoiy-madaniy mohiyati,
foydalilik va boshqalar), va nihoyat,
ekologik xususiyatlar
– berilgan
tovarni iste’mol qilish jarayoni atrof-muhit uchun qanchalik zararligini
aniqlaydi.
Tovar raqobatbardoshligining o‘sishi quyidagilar bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin:
qo‘llanadigan materiallar, texnologiyalar, ishlab chiqarishni va
boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish;
odamlar ehtiyojlarini qondirish borasida prinsipial jihatdan yangi
bo‘lgan vositalarni yaratish;
asosiy
tovarlar
bilan
birgalikda
ishlatiladigan
tovarlarni
mukammallashtirish yoki yangilarini yaratish;
sotib olish sharoitlarini va iste’molchi tomonidan tovarning keyingi
ishlatilishini yaxshilash.
Raqobatbardoshlikni
baholash
«sifat-narx»
ko‘rsatkichlarini
raqobatchi tovarlar bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi (me’yorlar,
namunalar va hokazolar).
Buning uchun ishlab chiqaruvchi raqobatbardoshlikning ikkita asosiy
omillari – narx (narx ko‘rsatkichlari) va sifat (narxsiz ko‘rsatkichlar)ning
ichki tarkibini aniqlashi zarur. Bu omillarning o‘lchamlarini hisoblab va
muayyan strategiyani tanlab, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini nisbatan
oshirish orqali ularga ta’sir etish mumkin.
Narx omillari iste’molchining mahsulotni sotib olish va ishlatish
muddati davomida foydalanish harajatlarining to‘liq strukturasi bilan
tavsiflanadi va mahsulotning xususiyatlari, uni sotib olish va ishlatish
sharoitlari bilan belgilanadi. Iste’molchining jami harajatlari umumiy
holda bir vaqtli va joriy harajatlarni o‘z ichiga oladi.
|
| |