144
uning miqdori sotiladigan mahsulot hajmiga qarab o’zgarib turadi. Yalpi
daromad egri chizig’ining tikkaligi tovar narxiga bog’liq bo’ladi. Bizning
misolimizda tovar birligining narxi 10 000 so’mga teng.
Bunday narxda zararsizlikni ta’minlash uchun korxona eng kamida
20 ta tovar birligini sotishi kerak. Shuncha miqdordagi tovar birligining
har birini 10 000 so’mdan sotib, korxona 400 000 so’m
tushumga ega
bo’ladi. Ana shu ko’rsatkich zararsizlik nuqtasiga mos keladi. Maqsad
qilib qo’yilgan foydaga erishish uchun korxona sotish hajmini oshirishi
zarur. 9.5-rasmda zararsizlik nuqtasidan keyin tovar sotish hajmiga qarab,
jami harajatlar va yalpi daromad o‘rtasidagi farq kattalashib borishini
ko‘rishimiz mumkin. Bu esa, foyda miqdorining oshib borayotganligini
bildiradi.
Talabga
asoslangan
usul.
Ko’pchilik
hollarda korxonalar
narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning
iste’molchilar tomonidan xaridor sifatida qabul qilinishi, ya’ni tovarning
xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb biladilar. Demak,
narx bu holda
tovarning qiymat jihatidan muhimligiga muvofiq kelishi kerak. Aslida ham
har bir xaridor u yoki bu tovarni xarid qilar ekan, u xayolan xarid qilingan
tovarning narxini uning foydaliligi bilan taqqoslab ko’radi.
Tovarning foydaliligi asosida narxlashtirish usulidan foydalanadigan
korxona iste’molchilar ongida shu korxonaning tovariga raqobat
qilayotgan tovarlar haqida ham qanday tasavvur mavjudligini bilishlari
talab etiladi. Bu yerda iste’molchilarning bitta tovar uchun har xil
sharoitlarda qancha pul to’lashga tayyor ekanliklarini
bilish ham muhim
hisoblanadi.
Agar sotuvchi tovarga narxni uning foydaliligidan ko’proq belgilasa,
sotish hajmi belgilangandan kamroq bo’lishi mumkin. Ko’pgina
kompaniyalar o’z tovarlarining narxlarini juda yuqori belgilaydilar va
natijada tovar bozorda yomon sotiladi. Ba’zi kompaniyalar esa o’z
tovarlariga haddan tashqari past narx belgilaydilar. Bu holda tovarlar
bozorda
yaxshi
sotilsada,
korxonaga
kam
daromad
keltiradi.
Iste’molchilarning narx darajasiga munosabatlarini bilish uchun maxsus
marketing tadqiqotlari o’tkaziladi. Masalan, iste’molchilar orasida
so’rovlar o’tkazish va bozorni testlashtirish shular jumlasiga kiradi.
Iste’molchining tovarni xarid qilishiga
uzoq muddat davomida
mavjud bo’lib kelayotgan va xaridor odatlanib qolgan narxlar ham katta
ta’sir ko’rsatadi. Bunday holatda tovar narxining ozgina oshishi ham tovar
xaridining keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunda
iste’molchining odatlanib qolgan narxlarga nisbatan fikrini tovarning
145
sifatini, o’rab-joylanishini va dizaynini juda yaxshilash hisobiga
o’zgartirish lozim.
Iste’molchilar talabi asosida narx belgilashning
variantlaridan biri
kim-oshdi savdosi o’tkazishdir. Agar tovar iste’molchi uchun juda
ahamiyatli, katta qiymatga ega bo’lsa, u holda kim-oshdi savdosining
boshlang’ich narxini juda yuqori belgilash mumkin bo’ladi.
Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli.
Korxonaning narx siyosatiga raqobatchilarning narxlari va bozorda narx
o’zgarishiga raqobatchilarning munosabati katta ta’sir ko’rsatadi. Demak,
raqobatchilar narxini o’rganish – narx shakllanishi sohasida muhim
elementlardan biri hisoblanadi. Dastavval korxonaning narx siyosati bozor
tipiga bog’liq ekanligini qayd etishi lozim.
Agar bozor sof raqobatchilar bozori bo’lsa,
unda sotuvchi
bozordagidan yuqori narxni talab qilishi mumkin emas, chunki xaridorlar
ushbu bozor narxi bo’yicha tovarning xohlagan miqdorini ochiq sotib
olishlari mumkin. Demak, bu yerda narxlar talab va taklif asosida
belgilanadi. Bunda narxlar qat’iy va ularga
alohida korxona tomonidan
ta’sir ko’rsatish deyarlik mumkin emas.
Bozor tiplaridan yana biri monopolistik raqobat bozori hisoblanadi.
Bunday bozor ko’p sonli xaridorlar va sotuvchilardan iborat. Ular
o’zlarining bitimlarini yagona narx bo’yicha emas, narxlarning keng
diapazoni bo’yicha amalga oshiradilar. Bunday sharoitda korxona narxni
o’zgartirishi uchun keng imkoniyatlarga ega.
Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuliga
korxonaning bozorda mustahkam o’rin egallab turgan yetakchi korxona
belgilangan narxiga qarab narx belgilashini ham kiritish mumkin. Bunday
holda korxona o’z tovariga bozor yetakchisi belgilagan narxdan ko’ra
pastroq narx belgilaydi.