156
mijozlarni tovar yetkazib berishning qisqa
muddatini taklif etuvchi
sub’ektlar bilan ishlashga majbur etadi. Yoinki, tovar zaxiralari xizmati
boshqaruvchisi kam miqdordagi tovar zaxiralari bilan ishlashni afzal
ko‘radi, chunki bunday yondashuv albatta tovar zaxiralarini saqlash bilan
bog‘liq harajatlarni kamaytiradi. Lekin, bunday holatda mijoz so‘raganda
tovar mavjud bo‘lmay
qolish ehtimoli katta, ikkinchidan hujjatlarni
rasmiylashtirish harajatlari oshib ketadi. Demak, bajarilmaydigan
buyurtmalar
sonining ortishi, firmaning o‘z mijozlaridan ajralib qolish
xavfini keltirib chiqaradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shuni anglash mumkinki,
tovar
harakatini tashkil etish bilan bog‘liq faoliyat juda murakkab hisoblanadi va
bu yerda biron bir qaror qabul qilganda ishni kelishuv asosida, sistemali
yondashuv tamoyilidan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.