152
ahvolini, uning likvidligini va moliyaviy
xavf-xatarga munosabatini
belgilaydi. Narx siyosati bozordagi raqobat kurashining eng samarali
vositasi bo’lib qolmoqda.
Narx va marketing faoliyatining boshqa tashkil etuvchilari o’rtasida
uzviy bog’liqliklar mavjud. Ular quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1. Tovarning hayotiy davri davomida narxlar o’zgarib turadi. Bu
o’zgarishlar dinamikasi va kattaligi korxona amal qiladigan marketing
strategiyasi bilan, shuningdek, raqobatchilar
va bozorning korxona narx
siyosatiga javoban reaksiyasi bilan belgilanadi.
2. Narxlar darajasi tovar sifati va savdo xizmat ko’rsatish
darajasining indikatori hisoblanadi. Past narxlar iste’molchi tasavvurida
past servis yoki yomon sifat bilan bog’lanadi.
3. Tovar harakati kanalining qatnashchilari bajaradigan funksiyalar
yetarli darajada rag’batlantirilishi uchun narx belgilashda ma’lum darajada
erkinlikka ega bo’lishlari kerak.
4. Har xil narxli o’xshash tovarlar o’rtasida pastroq narxli tovarlar
ko’proq iste’molchilar diqqatini o’ziga jalb qiladi.
5. Narx siyosati marketing kompleksining
boshqa elementlarini
samarali to’ldirib, ular bilan o’zaro aloqada bo’lishi kerak. Ularga
sotilishlarni rag’batlantirish bo’yicha tadbirlar, reklama, o’rash,
markirovka, sotilishlarning shakli va usullari kiradi.
6. Narxlar sohasidagi siyosat uzoq vaqt davomida o’zgarmas bo’lishi
yoki, aksincha, tez-tez o’zgarib
turishi mumkin, ya’ni bozorning
o’zgaruvchan sharoitlariga tez moslashishni ta’minlab, narxlashtirishga
egiluvchan yondashuvni maqsadga muvofiq holda amalga oshirishi kerak.
7. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot tannarxini belgilaydi. Agar
xarajatlar kamaysa, korxona narxni pasaytirib,
foyda ulushini oshirishi
mumkin. Hozirgi zamon amaliyotida korxona buni amalga oshirishi juda
qiyin.
8. Narxli raqobatda narx talab egri chizig’i bo’ylab harakat qiladi.
Talabni ko’tarish uchun narxni pasaytirish kerak. Agar korxona narxni
raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq quysa, u iste’molchilarini yo’qotishi
mumkin. Demak, narxli raqobat vujudga kelgan bozor darajasidan pastroq
narxlarni belgilashga olib keladi. U xarajatlarni minimallashtirishda
ustunliklarga erishishi bilan bog’liq.