150
1. Qanday sabablar raqobatchini narxlarni o’zgartirishga majbur
qildi? Bozorni egallash yoki ishlab chiqarish quvvatidan to’liq foydalanish
maqsadi ko’zlanganmi, balki mahsulot tannarxi o’sishi sodir bo’lgandir?
2. Firma raqobatchilar tomonidan narx o’zgarishiga e’tibor bermasa,
qanday ahvolga tushadi?
3. Raqobatchining bunday qaror
qabul qilishi nima bilan
tushuntiriladi: vaqtinchalik harakterdagi fikrlar bilan yoki uzoq muddatli
strategiyaning natijasi bo’lib hisoblanadimi?
Inflyasiya sharoitida korxonaning narx siyosati inflyasion kutishni
baholashsiz mustahkam dalil-isbotga ega bo’lmaydi. Boshqacha aytganda,
uning mahsulot va sotib olinadigan resurslarning narxlari o’zgarishining
rejalashtirilayotgan davrda iqtisodiyotda narxlar o’sishining umumiy
inflyasion omilini hisobga olgan holda asoslanadi. Bu ham uzoq muddatli,
ham qisqa muddatli rejalarga tegishlidir.
Korxonaning narx strategiyasini asoslashda inflyasion kutishni
baholash quyidagilar uchun zarur:
korxonaning umumiy strategayasi, profilini ishlab chiqishda va uning
mahsulotini bozorga kiritishda yoki mahsulotini sotish bozorlarida
korxonaning mavqyelarini saqlash uchun bozordagi narx o’zgarishlarini
hisobga olish;
korxonaning faoliyatini
umuman rejalashtirishda, biznes-rejalarni
ishlab chiqishda, shuningdek, ayrim tashkiliy-texnik tadbirlar, ilmiy-texnik
va texnologik ishlarning, loyihalarga doir qarorlarning biznes-reja
ko’rsatkichlarini asoslashda narxlar o’zgarishini hisobga olish;
korxona mahsulotining narxlarini asoslab berish va korxona
tomonidan iste’mol qilinadigan resurslar narxlarining kutiladigan
o’zgarishlarini baholash;
korxona mahsulotlarini
sotishdan olgan daromad, tushumga narxlar
o’zgarishining ta’sirini hisobga olish;
ishlab chiqarish xarajatlari va korxona mahsulotini sotishga
narxlarning, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalarining narxlari va
mehnat narxlari – mehnatga haq to’lashning o’zgarishini baholash;
korxona faoliyatining moliyaviy natijalari – foyda yoki zararlarni,
likvidlikni, korxonaning to’lov qobiliyatini baholash;
nisbiy narxlarni hisoblash va ishlab chiqarishning optimal tuzilishini
tanlash;
boshqa iqtisodiy hisob-kitoblar.
Korxonaning kutiladigan inflyasiyaga yo’naltirilishi
sharoitida
tegishli bozorlardagi narxlarning ahvoli haqidagi real axborot bilan
151
hisoblashishga to’g’ri keladi. Mutaxassislarning inflyasion kutishlarini
baholash tashqi axborotga hamda o’z baholariga tayanishi mumkin.
Korxonaning narx strategiyasini yaratish jarayoni uch bosqichni o’z
ichiga oladi:
1.
Dastlabki axborotni yig’ish.
2.
Strategik tahlil.
3.
Strategiyani shakllantirish
Narx siyosatini shakllantirishda import tovar va xizmatlarga narxni
aniqlash alohida o’rin oladi. Bular 1997 -yil 29 avgusta qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasining «Boj tarifi to’g’risidagi» Qonuni yordamida
muvofiklashtiriladi.
Ushbu
qonunga
binoan
tovarning
narxini
chiqarishning asosiy usuli bo’lib olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan
bitimning qiymatiga qarab baholash hisoblanadi.
Ayrim vaqtlarda asosiy usuldan foydalanib bo’lmasa, narxni
chiqarishning quyidagi usullari birin-ketin qo’llaniladi:
➢
aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan
bitim qiymatiga qarab
baholash;
➢
o’xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash;
➢
qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
➢
qiymatlarni qo’shish asosida;
➢
rezerv usuli.
Qiymatlarni chegirib tashlash va qo’shish asosidagi usullar istalgan
ketma-ketlikda qo’llanilishi mumkin.