146
sotuvchilarning hamkorlikdagi harakatlari natijasida o’rnatiladi.
Talab va
taklif o’rtasidagi muvozanat omili bo’lib belgilangan narx hisoblanadi.
Bozor sharoitlarida ishlaydigan korxona, dastavval,
narxlarni
aniqlashning strategiyasi va tamoyillarini ishlab chiqishi kerak. Ularga
amal qilgan holda korxona o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni samarali hal
etishi mumkin.
Aniq belgilangan narx strategiyasining yo’qligi
korxonaning turli
xizmatlari tomonidan bu sohada qaror qabul qilishida noaniqlikni keltirib
chiqaradi. Bu qarorlarning nomuvofiqligiga olib kelishi va oqibatda
korxonaning bozordagi mavqyeining kuchsizlanishiga, tushum va foydada
yo’qotishlarga olib kelishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona
faoliyatining amaliyoti
narxlarni belgilash sohasida muayyan strategiyalarni ishlab chiqdi.
Bozorda barqaror vaziyatni saqlash strategiyasi
korxona
faoliyatining rentabelligi va boshqa ko’rsatkichlari yetarlicha qoniqarli
bo’lganda qo’llaniladi. Xorijiy katta va yirik korporasiyalar ko’pchilik
hollarda aksionerlik kapitaliga nisbatan 8-10 %
rentabellik bilan qoniqib
qoladilar. Milliy iqtisodiyotimizda rentabellik foizi (fondlarga nisbatan)
10-15 foizni tashkil etishi kerak, biroq rentabellikning haqiqiy me’yori
ko’p jihatdan iqtisodiyotning holatiga bog’liq. Bunga boshqa
ko’rsatkichlarning baholanishi ham bog’liq.