157
jarayonining bugungi zamonaviy ko’rinishi
tarixiy rivojlanish
bosqichlarini bosib o’tgan.
Ibtidoiy jamoa davrida har bir qabila o’z tirikchiligini o’tkazish
uchun zarur bo’lgan jami tovarni faqat o’z ehtiyojlarini qondirish uchun
ishlab chiqargan. U paytda biron-bir ko’rinishda bo’lsada, tovarni
taqsimlash bo’lmagan.
Taraqqiyotning
keyingi
bosqichida
ishlab
chiqarishning
ixtisoslashuvi natijasida tovarlarni taqsimlash yuzaga keladi. Har bir qabila
endi o’ziga kerakli hamma tovarni o’zi tayyorlamaydi, balki ulardan
ayrimlarini o’z ehtiyoji bilan birga boshqa
qabilalar ehtiyojlariga ham
yetadigan mikdorda tayyorlashga o’tadi. Ushbu urug’-qabila ehtiyojlaridan
ortib qoladigan mahsulotlar boshqa tovarlarga ayirboshlangan. Shunday
qilib, tovar taqsimotining tub negizi va asosiy sharti – ishlab chiqarishda
ixtisoslashuvning yuzaga kelishi va ortiqcha tovarlarning paydo
bo’lishidir. Bevosita tovarni taqsimlash sharoitlarida har bir ishlab
chiqaruvchi taqsimot uchun boshqa ishlab chikaruvchilar bilan yuzma-yuz
uchrashuvi kerak edi. Ishlab chiqaruvchilar juda keng,
ammo samarasi past
aloqalar tizimida faoliyat olib borganlar.
Iqtisodiy taraqqiyotning keyingi bosqichida ishlab chiqaruvchi tovar
tarqatishni bir joyda va kelishilgan vaqtda o’tkazish ma’qulroq ekanligini
tushunib yetadi, jami ishlab chiqaruvchilar uchrashishlari mumkin bo’lgan
markaziy “bozor”ning joriy etilishi tovar tarqatishda navbatdagi
rivojlanish bosqichi bo’ldi.
Pulning paydo bo’lishi bilan tovar tarqatish jarayonida jiddiy ravnaq
qulga kiritildi. Endi tovar tarqatish tovar-pul ko’rinishida amal qilib, to’liq
ekvivalent asosga ega bo’ldi. Ammo markaziy “bozor” va pul tovar
tarqatish ko’lamini kamaytirmadi. Ishlab chiqaruvchi o’z tovarlarini sotish
uchun kerakli yo’l-yo’riqni o’zi belgilashi lozim edi. Ishlab chiqaruvchi
ikki qiyofaga – ishlab chiqaruvchi va sotuvchi qiyofasiga ega bo’ldi. Bu
vazifalarni bajarish uchun anchagina vaqt va mablag’ talab etilardi.
Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy resurslari hamma
vaqt ham tovar taqsimoti uchun yetavermas edi. Natijada ishlab
chiqarilgan tovarlar zahirasi hosil bo’lib qolar edi.
Iqtisodiy taraqqiyot
jarayonining davom etishi natijasida bozor ishtirokchisi sifatida
vositachilarning kirib kelishi tovar tarqatish jarayonini tubdan o’zgartirib
yubordi. Vositachilar o’zlarining aloqalari, tajribasi, ixtisoslashuvi hamda
faoliyatining kulami bilan ishlab chiqaruvchi korxonaga uning yolg’iz o’zi
qila olishi mumkin bo’lganidan ko’ra ko’proq narsa taklif etadi. Shu
158
sababli ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini bozorga
vositachilar orqali taklif etishni maqul topishdi.
Iqtisodiy taraqqiyotning XIX-asr oxiri va XX-asr boshidagi
bosqichida bozor faoliyatining rivojlanishi, iste’molchilar ehtiyojining
yuksalib, differensiallashi marketing va uning
konsepsiyalarini ravnaq
topishiga olib keldi. Bu esa tovar tarqatish jarayonidagi tub burilish va
rivojlanishga sabab bo’ldi. Ayniqsa iqtisodiy taraqqiyotning bu bosqichida
marketing ilmining paydo bo’lishi va marketing qarashlarining rivojlanishi
tovar tarqatish jarayoniga yangicha yondoshishlarni talab etdi. Xususan,
marketing evolyusiyasining ikkinchi bosqichida paydo bo’lgan
konsepsiyalar tovar tarqatish kanallarini shakllantirish, tovar harakatini
jadallashtirish, sotilishlar hajmini maksimal qilish, buning uchun esa,
raqiblarga
nisbatan bozorni qamrab olish, bunda vositachilar xizmatidan
foydalanish, tashqi bozorlarga chiqish rivojlandi.
Mamlakatimiz
mustaqillikni
erishgandan
keyin
sobiq
markazlashtirilgan tovar tarqatish tizimi o’z faoliyatini yakunladi.
Mustaqillikkacha bo’lgan davrda ishlab chiqaruvchilar tovar tarqatish
uchun ortiqcha harakatlarni amalga oshirmas edi. Chunki ishlab
chiqarayotgan tovarlari markazlashtirilgan tartibda ulgurji savdo
tashkilotlariga yetkazib berish mexanizmi yo’lga qo’yilgan edi. Bu yerda
ishlab chiqaruvchilar tovar sotish bilan amalda shug’ullanmas edi.
Mustaqillikdan keyin ishlab chiqaruvchilar erkin faoliyat olib borishi o’z
faoliyatini haqiqiy egasiga aylandi va o’zi
ishlab chiqargan tovarni
xoxlagan tarzda tarqatish huquqiga ega bo’ldi.