170
pirovard iste’molchiga yetkazish hal etiladi. Tovarlarni iste’molchilarga
yetkazib berish uchun ishlab chiqaruvchilar
dastavval sotuv kanallari
faoliyatini yo’lga qo’yish kerak. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan tanlagan
sotuv kanali marketing bo’yicha qolgan jami boshqa yechimlarga ta’sir
ko’rsatadi – narxlar, reklama xizmati, oraliq saqlash omborlarini tashkil
qilish, transport
xizmatidan foydalanish, o’z savdo nuqtalarini ochish va
hokazolar shular jumlasidandir.
Sotuv
kanali
-
tovarlarni
ishlab
chiqaruvchilardan
iste’molchilargacha bo’lgan joyga tovar harakatini amalga oshirish va
mulk huquqini o’z zimmasiga
oladigan tashkilotlar, korxonalar, shaxslar
to’plami yoki ishlab chiqarishdan iste’molchi joylashgan joygacha tovarni
yetkazib berish yo’li.
Tovar muomalasi jarayonida savdo faoliyatida
bajariladigan barcha
xo’jalik-tijorat operasiyalari shartli ravishda ikki guruhga bo’linadi –
ulgurji savdo va chakana savdo. Dastlab tovarlarning ulgurji savdosi
amalga oshirilib, tovar muomalasining yakunlovchi
bosqichi chakana
savdo bilan iste’molga aylanadi.
Tayanch so’z va iboralar.
Tovar harakati, sotuv kanallari, bevosita
kanallar, bilvosita kanallar, chakana savdo, ulgurji savdo, tovar taqsimoti,
savdo vositachilari, supermarket, universam, tijorat ishi.
O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar:
1. Sotuv kanali deganda nimani tushunasiz?
2. Qaysi sotuv kanali samarali bo‘lishini izohlab bering.
3. Sotuv kanalini aniqlash borasida asosli omillarni ko‘rsating va
tavsiflab bering.
4. Chakana va ulgurji sotuvchilar o‘rtasidagi farq nimalardan iborat?
5. Korxona marketingni boshqarishning tashkiliy strukturalarini
tanlashda qanday omillarni hisobga olishi kerak?
Har bir tashkiliy
strukturaning afzallik va kamchilik tomonlarini muhokama qiling.
6. Savdo agenti sotish jarayonini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun
qanday qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak?
7. Sizning fikringizcha internet orqali harid qilishning qanday
ustunliklari va kamchiliklari mavjud?
8. Firma tomonidan sizga chinni buyumlarni
sotishga topshiriq
berilgan. Ushbu tovarlarni sotishda qanday taqsimot kanallaridan
foydalanish mumkin va ularning har birining ijobiy va salbiy tomonlarini
tushuntirib bering.