174
−
chakana savdo korxonalari;
−
mayda chakana savdo do’konlari.
Savdoni tashkil etishda asosiy
rolni doimiy chakana savdo
korxonalari o’ynaydi, ular chakana savdo korxonalarining 85 % dan
ortig’ini tashkil etadi va tovar aylanmasining 90 % ga yaqinini beradi. Bu
yerda savdo sotiqni uyushtirishning zamonaviy usullarini qo’llash
bo’yicha zarur sharoitlar yaratilgan bo’ladi. Jumladan, ko’p kuch talab
qiladigan ishlar mexanizasiyalashtiriladi.
Sotuvchilar uchun ayniqsa
xaridorlarga xizmat ko’rsatish uchun kerakli bo’lgan qulay sharoitlar
muxayyo etiladi.
Doimiy chakana savdo korxonalari o’zining barpo etilishi,
joylashish, sotuvga chiqariladigan
mahsulotlarining assortimenti, savdo-
xizmati, ishni tashkil etish bilan ajralib turadi.
Chakana savdo korxonasining savdodagi asosiy funksiyasi
quyidagilardan iboratdir:
−
xaridorlarning tovarlarga bo’lgan talab, ehtiyojlarini o’rganish;
−
tovarlarning assortimentini shakllantirish;
−
tovarlar reklamasi va xizmat ko’rsatish;
−
xaridorlarga savdo xizmati ko’rsatish.
Mayda chakana savdo do’konlari esa yordamchi vazifasini bajaradi,
ya’ni
yangi qurilayotgan joylarda, vaqti-vaqti bilan aholi to’planadigan
joylarda do’kon qurish, iloji bo’lmagan yerlarda mayda chakana savdo
do’konlari o’z faoliyatini olib boradi.
Mayda chakana savdo do’konlari qatorida chodirlar, kioskalar,
pavilonlarni ko’rsatish mumkin.