172
ishlab chiqarish yoki vositachi korxonalar bilan xarid qilish bo’yicha
aloqalar o’rnatish va tashib keltirishini amalga oshirish;
oxirgi iste’molchining talabiga mos tovar assortimentini savdo
tarmoqlariga tarkib toptirish;
iste’molchilarga turli xildagi xizmat ko’rsatishni amalga oshirish;
marketing faoliyatini olib borish, reklama axborot ishlarini tashkil
etish.
Chakana savdo korxonalari deb yuridik shaxs bo’lgan, o’z mulkiga
ega bo’lgan mukammal holda aholiga savdo xizmati ko’rsatadigan
subyektga aytiladi. Masalan,
hissadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar,
savdo birlashmalari va ularning uyushmalari misol bo’la oladi.
Chakana savdo tarmog’i deb, aholiga yoki xaridorlarga to’g’ridan-
to’g’ri xizmat ko’rsatadigan yoki shunga o’xshash faoliyat bilan
shug’ullanayotgan binoga, jihozga yoki shunga o’xshash savdo
shoxobchasiga aytiladi.
Chakana savdo iste’molchilarga xizmat ko’rsatish xususiyatlarini
e’tiborga olgan xolda turg’un (stasionar), ko’chma, jo’natma savdo
turlariga bo’linadi. Turg’un (stasionar) savdo tarmog’i keng tarqalgan
bo’lib, yirik,
zamonaviy, texnik jihatdan jixozlangan do’konlar, savdo
shaxobchalari, savdo avtomatlarini o’z ichiga oladi.
Turg’un chakana savdo shoxobchasi – joylardagi davlat hokimiyati
organlari qarori bilan ajratilgan yer uchastkalaridagi O’zbekiston
Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo’mitasi organlarida belgilangan
tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bo’yicha qurilgan, sanitariya
va yong’in xavfsizligi normalari va talablariga javob beradigan, savdo
zaliga, savdo asbob-anjomlariga hamda tovarlarni saqlash, navlarga
ajratish va qadoqlash uchun xonalarga ega bo’lgan, shuningdek nazorat-
kassa mashinalari bilan jihozlangan obyekt (bino, inshoot).
Savdo tarmoqlari ichida savdo binolari eng asosiy o’rinni egallaydi,
chunki 90% va undan ortiq mahsulotlar savdo tarmog’i orqali aholiga
yetkaziladi.
Savdo tarmoqlari logistik sistemasining eng oxirgi nuqtasi bo’lib
hisoblanadi va har qanday tovar shunday chakana savdo tarmog’i orqali
o’tishi lozim. Aholining mintaqaviy tarqoq joylashishiga qarab savdo
tarmoqlari tarqoq va ko’p bo’ladi. Qayerda xaridor bo’lsa shu yerda savdo
tarmog’i bo’lishi lozim.
Shuning uchun savdo tarmoqlari logistik tizimda muhim o’rin
tutib
quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.
Aholiga tovar sotish.
173
2.
Tovar sotish bilan bog’liq bo’lgan turli xizmatlarni ko’rsatish.
3.
Bozorni o’rganish.
4.
Tovarlarni qabul qilish va saqlash.
5.
Tovarlarga qo’shimcha ishlov berish (o’rash, tozalash, qadoqlash,
boshqarish).
Mamlakatimizning bugungi iqtisodiy taraqqiyotida chakana savdo
korxonalarining yangi zamonaviy turlari shakllanib bormoqda. Chakana
savdoning rivojlanishi chakana savdo korxonalarining turlariga ham
bog’liqdir. Chakana savdoning shakllari birinchi navbatda aloqa darajasi
(sotuvchi bilan xizmat ko’rsatish, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish),
do’konning
kattaligi, assortiment tarkibi, shuningdek, narx siyosati va
do’konlar tarmoqlarini joylashtirish tamoyillariga qarab farqlanadi.