175
Vagon–lavkalar, kema-lavkalar odatda temir yo’l
va suv transporti
xodimlariga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan. Avtodo’konlar odatda
do’kon qurish iloji bo’lmagan
qishloqlarda, kichkina qishloqlarda savdo
xizmati olib boradi.
Bundan tashqari dam olish hamda bayram kunlari va har xil tadbiriy
marosimlar paytida avtodo’konlar o’z faoliyatini olib boradi.
Chakana savdoda tovarlarni posilka qilib jo’natish
bilan asosan
bugungi kunda elektron tijorat bilan shug’ullanuvchilar amalga
oshirmoqda. Tovarlar xaridorlardan olingan buyurtmaga muvofiq ajratilib
belgilangan muddatlarda pochta orqali jo’natiladi.
Xaridorlr esa tovarlarni pochta bo’limlaridagi preyskurantlarga qarab
taxlashlari va shu asosda buyurtma berishlari mumkin.
II. Tovar assortimenti va uning shakllanish xususiyatlari nuqtai
nazaridan chakana savdo korxonalarining quyidagi turlari mavjud:
−
gipermarket;
−
supermarket;
−
univermag;
−
universam;
−
ombor-do’kon;
−
firma-do’kon;
−
kundalik ehtiyoj tovarlar do’koni.