180
tashqarida joylashtiriladi. Bu esa transport sharoitining
va avtomobillarni
qo’yishning (parkovka) qulayligi bilan bog’liq. Ular ommaviy
iste’molchiga mo’ljallangan bo’lib,
MDH mamlakatlarida alohida
do’konlardan tarmoqqa aylangan holda dinamik tarzda rivojlana bordi.
Iste’molchi supermarketlarning xizmatlaridan foydalangan holda quyidagi
afzalliklarga ega bo’lishi mumkin:
−
hamma zarur bo’lgan tovarlarni bir joyda xarid qilishi;
−
tovarlarning hamma ijtimoiy guruhlar uchun to’planishi va
ko’pchilik xaridorlar uchun narx ko’rsatkichi jihatidan qulayligi;
−
hududiy jihatdan joylashishining qulayligi.
Univermag
, asosan, nooziq-ovqat tovarlaridan iborat bo’lgan
ixtisoslashgan tovar bo’limlarini o’z ichiga oladi.
Narx darajasi jihatidan
arzon do’konlar qatoriga kiradi, savdo-texnologik jarayonda o’z-o’ziga
xizmat ko’rsatish usuliga urg’u beriladi.
Universam
, odatda, tovar assortimenti
keng va turli xil xizmatlar
tizimi (avtomobillarga yoqilg’i quyish shaxobchasi va yuvish, kir yuvish,
pochta xizmatlari, fotografiya xizmatlari va hokazo) bo’lgan korxonadir.
Universamlar ko’p hollarda
oqilona taqsimlash siyosati, nazorat tizimi,
tovar sifati, narxlarni pasaytirish va elektron texnologiyalardan foydalanish
evaziga ancha samarali ishlaydilar.
Ombor-do’kon
bir necha o’n ming kv.
metr maydonni egallaydi,
ham ulgurji, ham chakana savdo funksiyalarini bajaradi,
tovarlarining
assortimenti 100 mingga yaqin nomlarga ega,
tovar assortimenti keng,
narxlar past.