• IV. Chakana savdo korxonalarining katta-kichikligiga qarab
  • V. Chakana savdo korxonalarining mulkiy shakliga qarab
  • III. Tovar assortimentiga ixtisoslashishiga ko’ra chakana savdo




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/212
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,17 Mb.
    #239950
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   212
    Bog'liq
    Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

    III.
    Tovar assortimentiga ixtisoslashishiga ko’ra chakana savdo 
    korxonalarining quyidagi turlari mavjud:
    ixtisoslashgan chakana savdo do’konlari (Masalan, kiyim-kechaklar 
    sotadigan chakana savdo do’konlari); 
    tor ixtisoslashgan chakana savdo do’konlar (Masalan, erkaklar 
    kiyim-kechaklarini sotadigan chakana savdo do’konlar); 
    super ixtisoslashgan chakana savdo do’konlar (Masalan, faqat 
    erkaklar kostyum shimlarini sotadigan chakana savdo do’konlar). 
    Kelajakda super ixtisoslashgan do’konlar o’zlarining tor ixtisosi va 
    segment talabini maksimal qondirishi hisobiga ustunlikka ega bo’ladilar va 
    tez rivojlanadilar. 
    IV. Chakana savdo korxonalarining katta-kichikligiga qarab: 
    kichik chakana savdo do’konlari (kioska, minimarket, chodir); 
    katta chakana savdo korxonalari (gipermarket, supermarket, 
    univermag, universam, ombor-do’kon, va h.k.); 
    yirik, gegant chakana savdo korxonalari (savdo uylari, savdo 
    markazlari va b.q.). 


    182 
    V. Chakana savdo korxonalarining mulkiy shakliga qarab: 
    xususiy chakana savdo korxonalari; 
    hamkorlikdagi chakana savdo korxonalari (qo’shma korxonalar, 
    franshiza, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va h.k.); 
    xorijiy chakana savdo korxonalari; 
    davlat chakana savdo korxonalari. 
    Tovarlari, maydoni kattaligi, ko’rsatiladigan xizmatlar hajmi va 
    narxlarning nisbiy darajasi har xil bo’lgan do’konlar yig’indisi chakana 
    savdo tarmog’ini tashkil qiladi. 
    Chakana savdo tarmog’lari tovar harakatidagi asosiy bo’g’inlardan 
    hisoblanib, ishlab chiqarishga, ulgurji savdoga va iste’molchiga kuchli 
    ta’sir ko’rsatadi. Aynan shu chakana savdo tarmog’larida mehnatkashlar 
    ijtimoiy, foydali mehnatga qo’shgan ulushlariga qarab zarur tovarlarni 
    sotib olishadi. Chakana savdo jarayonida u yoki bu tovar - tovar 
    muomalasidan iste’mol muomalasiga o’tadi. Chakana savdo tarmog’larida 
    bozor va talab o’rganiladi. Bozor sharoitida narxlar, yangi iste’mol tarkib 
    topadi, talab qondiriladi. Talab va taklif o’rtasida muvozanat ushlab 
    turiladi. 
    Bundan tashqari chakana savdo tarmog’larida iste’molni qondirib 
    turish uchun tovar zahiralari barpo qilinadi va har tomonlama iste’molga 
    yordam berish, rag’batlantirish choralari ko’riladi. 
    Chakana savdo tarmog’larida ikki turdagi vazifalar bajariladi: 

    tijorat vazifalari; 

    texnologik vazifalar. 
    Texnologik vazifalar – bunga tovar qabul qilish, saqlash, qadoqlash, 
    o’rash, tovarlarni savdo zallarida ko’rsatish, xaridorlar bilan hisob-kitob 
    qilish va qo’shimcha xizmat ko’rsatish. 
    Chakana savdo tarmog’ini eng maqbul tarzda qurish va 
    joylashtirishda chakana savdo do’konlarini tiplar bo’yicha ajratish hamda 
    ularni ma’lum turdagi tovarlarni sotishga ixtisoslashtirish katta ahamiyat 
    kasb etadi. 
    Chakana savdo tarmog’larining ixtisoslashuvi – bu savdo 
    tarmoqlarida mehnatni taqsimlashning turlaridan biridir. Bu do’konlarning 
    savdo-sotiq faoliyati ayrim tovarlarni sotish bilan cheklangan. Ayni shu 
    tovarlarning bir joyda turlar va gruppalar bo’yicha sotilishi aholining 
    iste’mol ehtiyojlarini to’laroq qondirish imkonini beradi. 
    Tiplashtirish – bu ma’lum bir tadbiriy chora bo’lib, harakatda 
    bo’lgan, ishlab turgan chakana savdo tarmog’larini har tomonlama 


    183 
    o’rganilib, fan va texnika yutuqlaridan foydalanib, ularning optimal 
    tiplarini ishlab chiqishdir. 
    Do’konlarni quyidagi belgilarga qarab tiplarga ajratishi mumkin: 
    assortiment profili, savdo maydonining hajmi, savdo korxonasining 
    joylashtirishi, xaridorlarga xizmat ko’rsatish shakli va usullari. Tiplarga 
    ajratish jarayonida shunday do’konlar tanlab olinadi-ki, ular tajribada 
    o’zini oqlagan bo’lsin, yangidan barpo etilayotganlarida esa tovarlar 
    assortimentini 
    kengaytirish, 
    savdoda 
    yangi 
    texnika 
    va 
    ilg’or 
    texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari hisobga olinishi lozim. 
    Tiplashirish jarayonida do’konlarning har xil maydonga ega bo’lgan xillari 
    kamayadi, ularni boshqarish ishlari ancha osonlashadi, texnologik 
    loyihalarini tuzish ham ancha qulay amalga oshadi. 

    Download 2,17 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   212




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Tovar assortimentiga ixtisoslashishiga ko’ra chakana savdo

    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish