190
12.1-jadval
Ulgurji savdo funksiyalarining mazmuni
№
Funksiyalar
Funksiyalarning mazmuni
1.
Assortimentni
shakllantirish
Ulgurji savdoda tovarlar taqismotida ko‘pincha ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi va differensiallangan
talab asosida haridlar amalga oshiriladi, shuningdek
o‘zining tovar assortimentini bozor segmenti bo‘yicha
mahsulotlarni
tanlash
va
tovarlar
taklifida
ta’minotchilik qilish
2.
Uzilishlar vaqtini
bartaraf etish (Vaqt
tafavvutini bartaraf
etish)
Ulgurji savdo ishlab chiqarish va iste’mol oralig‘idagi
davrda uzilish vaqtini bartaraf
qilish funksiyasini
bajaradi,
masalan,
ho‘l
meva-sabzavotlarning
muntazam emasligidan kelib chiqib ta’minotni bir
tekisda amalga oshirish, qurilish materiallarini
bahordan to kuzgacha yetkazib berish
3. Uzilishlar joyini bartar-
af etish (Masofaviy
(makon) tafavvutini
bartaraf etish)
Ishlab chiqarish va iste’mol joyi oralig‘i masofasidagi
tafavvutni har qanday vaziyatda
tashish funksiyasini
amalga oshirish orqali bartaraf etish
4.
Zahiralarni
shakllantirish
Turli vaqtda xilma-xil tovarlarga o‘zgarib turgan
talabni barqarorlashtirishga xizmat qiladi
5.
Sifat kafolati
Ulgurji savdo tovarlarni kelgusida sotuvini amalga
oshirishga tayyorlashni bildiradi. Bunda esa navlarga
ajratish,
qadoqlash, tozalash, assortimentlarga ajratish
kabi murakkab operatsiyalarni bajarish. Bularga
import
vinolarni quyish, mevalarni yetiltirish, xom-
ashyolarni qayta ishlab chiqarishgacha muvaffaqiyatli
saqlash.
6.
Narx barqarorligi
Katta partiyalarda tovarlarni harid qilish natijasida
chegirmalarga ega bo‘lish, tashish,
qadoqlash kabi
harajatlar bo‘yicha va past narxlarda tovarlarni taklif
etish orqali ustunlikka erishish
7.
Moliyalashtirish
Tovar haridi va uning to‘lovi oralig‘idagi vaqt
bo‘yicha uzilishlarda kredit taklif qilish. Agar savdo
korxonasi qisqa muddatli kredit bo‘yicha yetkazib
berishni tashkil qilsa, haridorlar tovar kreditini oladi.
8.
Bozor tadqiqotlari va
bozorni o‘zlashtirish
Ulgurji savdo korxonasi
mavjud tovar uchun yangi
bozorni uzlashtirish yoki reklama orqali bozorni
kengaytirish kabi muhim vazifani bajaradi
9.
Saqlash
Tovarlarni saqlash har doim zarur, chunki ishlab
chiqarish va iste’mol sikllari vaqt bo‘yicha
hamma
vaqt ham mos kelmaydi. Omborda saqlash orqali esa
vaqt va buyurtma berilayotgan tovarlar soni bo‘yicha
mavjud farqlarni kamaytirishga erishiladi.
191
manba:
Р.П.Мешечкина,
В.В.Лазарев.
Функционалние
особенности перспективи развития оптовой торговли системи
потребителской кооперации. М.: Научние ведомости, 2009. №15
Ushbu manbadan ko‘rinib turibdiki,
ulgurji savdoning taqsimot
funksiyasi “ishlab chiqarish-iste’mol” zanjirida amal qilmoqda. Ulgurji
savdo esa faqat ishlab chiqarish va iste’mol bozori o‘rtasidagi tayyor
mahsulot taqsimotidan iborat. Balkim ishlab chiqarishni tashkil etish
uchun ta’minot bo‘g‘inidan xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot
qismlarni ishlab chiqarish
hududiga yetkazib berish, ishlab chiqarish
hududidan esa tayyor mahsulotlarni iste’mol bozorlariga taqsimlashni ham
ta’minlaydi.