193
XIII BOB. MARKETING TIZIMIDA SILJITISH
(KOMMUNIKASIYA) SIYOSATI
13.1. Marketing faoliyatida siljitish tushunchasi.
13.2. Marketing kommunikasiya vositalari.
13.3. Talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish
13.1. Marketing faoliyatida siljitish tushunchasi.
Tovarlarni
siljitish
ham
marketing
kompleksining
muhim
elementlaridan biri hisoblanadi. Tovarlarni siljitish - bu tovarlar haqidagi
ma’lumotlarni mavjud va potensial iste’molchilarga yetkazish jarayonidir.
Biroz kengaytirilgan talqinda tovarlarni siljitish —
bu tovarlar sotilishini
faollashtirish va bozorda ijobiy tasavvur shakllantirish maqsadida axborot
olish, ishontirish va o’z faoliyati haqida eslatish uchun korxonaning bozor
bilan doimiy aloqalarini yaratish va saqlab turishdir.
Shu bilan birga siljitish korxona tomonidan taqdim etilayotgan
tovarlar, narxlar, sotish shartlari, ya’ni marketing
elementlari orqali
potensial iste’molchilarning olishi mumkin bo’lgan manfaatlari va
afzalliklari to’g’risida zaruriy xabardorlik darajasini ta’minlaydi.
Siljitishning asosini esa korxonaning bozor subyektlari bilan
kommunikativ aloqalari tashkil etadi. Siljitishning asosiy vositalari sifatida
reklama,
shaxsiy sotishlar, sotishni rag’batlantirish va jamoatchilik bilan
aloqalar namoyon bo’ladi. Bu vositalarning hammasidan korxona reklama
va marketing maqsadlariga erishish uchun foydalanadi.
Tovarlarni siljitish korxonaning bozor bilan
kommunikativ aloqalari
asosida amalga oshadi. Korxonaning bozor bilan kommunikativ aloqalari
korxona bozorga o’zining tovarlari, xizmatlari va ular haqidagi xabarlarni
yo’naltirishda namoyon bo’ladi. Bozor esa korxonaga sotilgan tovar uchun
pul mablag’larini va mazkur tovarga bozorning munosabati qandayligi
haqidagi axborotni qaytaradi.
Tovarlarni siljitish jarayoni kommunikativ modelni tuzish yordamida
tasvirlanishi mumkin. U quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni ko’zda
tutadi:
maqsadli auditoriyani topish va uning tavsiflarini aniqlash;
firma va tovar haqida potensial
mijozlarning xabardorligini
ta’minlash;
kutiladigan javob reaksiyasini aniqlash;
auditoriyaning xayrixoxligini qozonish;
mijozni xarid qilishga undash.