197
muammoni anglash;
axborotni izlash;
imkoniyatlarni baholash;
xarid haqida qaror qabul qilish;
xarid amalga oshgandan keyingi xatti-harakatlar.
Daromadlarining o’sib borishi bilan xaridorlar tobora talabchan va
professional bo’lib boradilar, ular o’z xususiyatlariga moslashtirilgan tovar
va
xizmatlarni izlaydilar, xaridlar bo’yicha axborotning to’liqligini talab
qiladilar. Quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan bilimdon xaridorlar paydo
bo’ladi:
1. Qiziqtiruvchi tovarlar to’g’risida xabardorlik darajasining
yuqoriligi
va reklama, marka yoki sotuvchilarning gaplaridan chalg’igan
holda taqqoslash va tanlash qobiliyati. Bu esa narx-sifatning eng yaxshi
munosabatini topish demakdir.
2. Tovarning xususiyatlarini sotilish joyidagi xizmatlardan ajratish
xususiyati. Demak, bilimdon odatda nafaqat tovar va xizmatlarni o’zining
sifatini, balki do’konlarning sifatini ham taqqoslaydi.
3. Deyarli bir xil bo’lgan markalarni tez ajratish qobiliyati. Bilimdon
juda mashhur markani kamroq mashhur markaning o’rniga tanlashi sababi
faqat u unga ko’proq tanish bo’lishi yoki uning nufuzi emas. Tovar har
doim alohida qadr-qiymatga ega deb qaralishi kerak.
Iqtisodiyotning turli sohalarida muvaffaqiyatli
faoliyat yuritayotgan
ko’pgina xorijiy kompaniyalar sotilgan mahsulotlar xaridorga
yoqmaganligi uchun pulni qaytarib berish maqsadida mablag’larni maxsus
zaxiraga qo’yadilar (sotishlar hajmining 5-20%ini). Amerikaning ko’pgina
kompaniyalari maxsus telefon raqamlariga ega, iste’molchilar ularga
qo’ng’iroq qilib (firma hisobidan)
takliflar va shikoyatlar bilan,
shuningdek, yangi buyurtmalar berish uchun to’g’ridan-to’g’ri murojaat
qilishlari mumkin. Bu telefon raqamlari tunu-kun ishlaydi va
iste’molchilarning qo’ng’iroqlariga odatda kompaniyaning tayyorgarlik
ko’rgan vakillari javob beradilar.