208
Reklama tadbirlarining kommunikasiya va sotish sohasida ko’plab
maqsad va vazifalari mavjud bo’lib, ushbu
maqsadlardan kelib chiqqan
xoolda ularning axborot berish, eslatish, undash kabi vazifa va funksiyalari
amal qiladi.
Reklamaning asosiy maqsadlari quyidagilar:
potensial xaridorlarni jalb qilish;
xaridorlarga xarid qilish jarayonida ma’lum naf kelishini targ’ib qilish;
tovar va xizmatlar to’g’risida qo’shimcha ma’lumot va ularni
o’rganishni taklif qilish;
iste’molchilarda tovar haqidagi ma’lumotlarini berish va mavjud
bilimlarini oshirish;
ishlab chiqaruvchi firma, savdo va
sanoat markalarining ijobiy
imijini yaratish;
tovar va xizmatlarga ehtiyoj va zarurat yaratish;
firmaga nisbatan ijobiy fikr uyg’otish;
tovar va xizmatlarning sotishlishini rag’batlantirish;
tovar aylanmasini tezlashtirish;
iste’molchilarni firmaning doimiy mijoziga aylantirish.
Reklamaning vazifalari quyidagilar:
mijozlar uchun yangi bo’lgan tovar va xizmatlarni reklama qilish.
mavjud tovar va xizmatlarni qo’llab-quvvatlash.
raqiblardan o’zib ketish.
reklama faoliyatini ko’z-ko’z qilish.
Bozor vaziyati va uning harakati reklamada o’z aksini topadi,
reklama faoliyatining shakllarini va uning mazmunini belgilab beradi.
Quyida bozorning rivojlanishiga bog’liq holda reklamaning vazifalari
ifodalangan (14.2-jadval).
14.2-jadval