211
kino reklama;
kompyuter reklama;
internet orqali reklama;
tashqi reklama.
Tarqalish ko’lamiga ko’ra:
global (tarmoqli, butunjahon);
multimilliy;
umummilliy;
mintaqaviy;
shahar;
mahalliy.
Inson tomonidan his etilishiga ko’ra
:
vizual(peshlavhalar, chiroqli, bosma reklama);
og’zaki (radioreklama, telefon bo’yicha reklama);
hid sezishga oid (bo’y
taratuvchi varaqalar;
ta’m bilishga oid;
seziluvchan va boshq (tele, kino va videoreklama).
Mo’ljaldagi auditoriya tipiga ko’ra:
Biznes sohasiga mo’ljallangan reklama – reklama qilinayotgan
tovarlar dan butlovchi mahsulotlar sifatida foydalanayotgan ishlab
chiqarish iste’molchilari uchun; sotish vositachilari va vositachilarning
boshqa turlari uchun va h.k.;
Yakka tartibdagi iste’molchi uchun reklama.
Xaridorlarga ta’sir etishiga ko’ra:
Rasional – potensial xaridorlar va iste’molchilarni ma’lum bir
ishonchli dalillar va asoslar keltirish orqali xabar beradi.
Emosional – bunday reklama kishilarda xotiralarni uyg’otadi.
Bunday reklama kishilarning his-tuyg’ulariga, hissiyotlariga beixtiyor
ta’sir ko’rsatadigan rasm, rang-tasvir va musiqalarni o’z ichiga oladi.
Auditoriyaga ta’siri xususiyatiga ko’ra:
Qo’pol reklama – xususiyatiga ko’ra sotishni rag’batlantirish
vositalariga yaqin bo’lib, ular bilan birga qo’llaniladi. Shakli bo’yicha
xaridorni reklama qilinayotgan tovarni
sotib olishga majbur qilish
maqsadida unga tajovuzkor tazyiq o’tkazish, baland ovozda qichqirish,
chorlash kabilar kiradi.
Yengil reklama – faqat tovar haqida xabar berib qolmasdan, balki
uning
atrofida
ijobiy
muhit
shakllantiradi.
Yumshoq
reklama
xaridorlarning xissiyotiga ta’sir ko’rsatish orqali tovarlarning sotilishini
ko’zda tutadi.
212
Asosiy maqsad va vazifalariga ko’ra
:
Imij reklama – tovar yoki firmaning qo’lay imijini yaratish, raqiblar
va hamkor firmalar o’rtasida o’zini tanitishga qaratilgan reklama.
Shuningdek bunday reklama aynan shu tovar yoki firma to’g’risida ijobiy
fikr uyg’otishga xizmat qiladi.
Rag’batlantiruvchi reklama – firma tovarlarini xarid qiluvchilarni
rag’batlantirishga qaratilgan bo’lib, unda
tovarning analog tovarga
nisbatan muhim jihatlari keltiriladi.
Barqarorlashtiruvchi reklama – firma yoki tovarning bozorda yuqori
mavqyega ega ekanligini targ’ib qilish va uning barqaror faoliyati
to’g’risida xabardor etadi. Bunday reklamalar iste’molchilarning doimiy
mijozga aylanishlarini maqsad qilgan bo’ladi.
Ichki reklama– firma xodimlari uchun mo’ljallangan bo’lib, ularni
sodiqlikka va firmaga bo’lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Buning
asosiy vositalari firma gazetalari, joriy qilingan ijtimoiy qulayliklardir.
Sotishni kengaytirishga qaratilgan reklama – tovarlar sotilishini
jadallashtirish maqsadida qo’llaniladigan reklama.
Pand-nasihat qiluvchi reklama – iste’molchilarning
aynan shu
tovarlarni yoki aynan shu firma tovarlarini xarid qilishlari uchun turli
ko’rsatma, nasihat va tavsiyalarni o’zida aks ettiradi.
Taqqoslama reklama – odatda analog tovarlarni o’zaro taqqoslashga
qaratilgan bo’lib tovarning afzalliklarini ko’rsatishga harakat qiladi.
Eslatuvchi reklama – xaridorlarga bozorda xuddi shunday yangi yoki
sifatli tovar mavjudligi haqida tez-tez eslatib turadigan murojaatlardan
iborat buladi.
Axborot beruvchi reklama – tovarlar, ishlab chiqaruvchi firmalar
haqida doimiy axborot berib turadi.
Ortiqcha xarajatli reklama – juda katta xarajat talab qiluvchi o’ziga
xos reklamalar bo’lib, raqiblarning mavqyeini tushirishga qaratilgan
bo’ladi.
Mustahkamlovchi reklama – eslatuvchi reklamaning turi bo’lib
iste’molchilarni va xaridorlarni to’g’ri qaror qilganliklari to’g’risida eslatib
turadi va bu bilan doimiy mijozlarni shakllantirib
munosabatlarni
mustahkamlashni ko’da tutadi.
Teskari aloqa imkoniyati mavjudligiga ko’ra:
Teskari aloqa mavjud reklama – reklama adresati bilan kelgusida
aloqa o’rnatish bilan izohlanadigan reklama. Masalan, pochta orqali
katalog jo’natish.
213
Teskari aloqa mavjud bo’lmagan reklama – bu OAV vositalari,
elektron va barcha turdagi tashqi reklamalardir.
Reklama vaqtiga ko’ra:
Davriy reklama – yil davomida berib boriladigan reklamalarga
aytiladi. Masalan, dorilar, oziq-ovqatlar mahsulotlari,
atir-upalar,
davolanish maskanlari va hokazolar to’g’risidagi reklamalar bunga misol
bo’lishi mumkin.
Mavsumiy reklama
esa yilning fasliga, davriga qarab berib boriladi.
Masalan, yangi yil sovg’alari, mavsumiy kiyimlar, yozgi dam olish
oromgohlari, o’quv yurtlariga qabul ishlari va boshqalar. Reklamalarning
berilish vaqti ham katta ahamiyatga ega. Bularni kishilar dam olayotgan
vaqtda haddan tashqari ko’p berilishi inson ruhiyatiga salbiy ta’sir eitishi
mumkin. Ayniqsa, reklama
roliklarining qayta-qayta, tez-tez takrorlanishi
inson asabini taranglatadi. Teleko’rsatuvdan doimiy berib boriladigan
seriallarda ham reklamalarning uzoq vaqt takror-takror berilishini ijobiy
deb bo’lmaydi.
Reklama vositalari reklamani tarqatuvchi va zarur reklama
samarasiga erishishga xizmat qiluvchi turli moddiy vositalardir.
Reklama vositalari yordamida reklama tashabbuskorlari yoki reklama
beruvchilar reklama obyekt to’g’risida xabar berish, iste’molchilarning
xarid xulqiga ta’sir ko’rsatish va ularning xarid qilishiga erishish ko’zda
tutiladi.
Reklama
faoliyatining
rivojlanishi,
uning
turlari
reklama
vositalarining ham ko’payishiga olib keldi. Reklama vositalarini ma’lum
bir tasniflash tizimi mavjud bo’lmasada, iqtisodiy
adabiyotlarda turlicha
tasniflanadi. Ushbu adabiyotlar asosida reklama vositalarining quyidagi
tasniflarini keltirib o’tishimiz maqsadga muvofiqdir (14.3-jadval).
14.3-jadval