218
kundalik gazetalar soni XIX asrga nisbatan to’rt marta kamaygan.
Dastlab kompterlarning kirib kelishi,
ofset usulda chop etish,
elektron kutubxonalar va keyingi paytlardagi sun’iy yo’ldosh orqali
xabarlarni tarqatish gazetalarning ixtisoslashuviga olib keldi. Nihoyat
gazetani chop etish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlarning ortib borishi
gazetalarning ma’lum tarmoqqa aylanishini tezlashtirdi. Shu bois bugungi
kunda gazetalar soni qisqarishi bilan nashriyotlar soni ko’payib bormoqda.
Shunga qaramasdan gazetalar demografik talablar bo’yicha bugungi
kunda eng ulug’vor va puxta ishlangan reklama vositasidir.
OAVdan
bugungi kunda daromadi, ma’lumoti, yoshi, jinsi, millati va boshqa
xususiyatlariga ko’ra farqlanuvchi,
yirik shaharlar, shahar atrofi, chekka
qishloq, kurort va mehmonxonalarda yashaydigan barcha kishilar
foydalanadilar.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra dunyo aholisining 2/3 qismi dam olish
kunlari gazeta o’qish bilan mashg’ul bo’ladi. Oyning oxirgi yakshanbasiga
kelib gazeta o’quvchilar soni 88 %ga oshadi va o’rtacha
xisobda har bir
gazeta o’quvchi dam olish kunlari 62 minut vaqtini gazeta o’qishga
sarflaydi. Erkaklar kundalik dolzarb axborotlarni o’qishni yoqtiradilar va
ko’proq sport, siyosiy va moliyaviy bo’limlarga ko’proq qiziqadilar. 35
yoshdan oshgan ayollar doimiy ravishda yangiliklarni o’qiydi, 30
yoshgacha bo’lgan ayollar esa turli komiks, televizion bukletlar, moda va
kosmetik bo’limlarni o’qiydilar.
Gazetalarni o’qish aholining ma’lumot darajasiga ham bog’liq. Yer
yuzida 18 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan aholilar umumiy aholining 27%
tashkil qiladi va ular gazetalarni kam mutolaa qiladi, 25 yoshda 34
yoshgacha aholi 17 % tashkil etgan holda ular tez-tez gazeta o’qiydi, 35
yoshdan 44 yoshgacha bo’lgan aholi 17 % tashkil etib, haftaning dam olish
kunlari gazeta o’qish bilan mashg’uldirlar. 45 yoshdan 64 yoshgacha aholi
29% ni tashkil etadi va muntazam ravishda gazeta o’qish bilan mashg’ul.
Gazetalarda quyidagi reklama turlari mavjud bo’ladi:
1.
Sarlavhali reklama. Deyarli barcha gazetalarda mavjud bo’lib,
gazetalarning am’lum bir sahifasi ularga bag’ishlangan bo’ladi. B sahifa
gazeta o’quvchilarga qiziqarli bo’lgan
barcha turdagi reklama
murojaatlarini o’z ichiga oladi. Masalan, “Sotiladi”, “Ko’chmas mulk
auksionlari”, “Avtomobillar”, sarlavhali reklamalar ularni joylashtirish
bilan bog’liq daromadning 40 % tashkil qiladi. Doimiy sarlavha reklamalar
odatda asosiy sarlavhada va ma’lum bir sahifada joylashtiriladi yoki
qo’shimcha sahifa sifatida kiritiladi.
2.
Maket reklama. Maket reklama har
qanday gazetada har qanday
219
joyda joylashtirilishi mumkin. Maket reklamalar milliy va xalqaro
reklamalarni o’z ichiga olib odatda kichik hajmni egallaydi. Maket
reklamaning afzallik jihat uning narxining differensiallashuvi yoki narx
diskriminasiyasining mavjudligidir. AQShda maket reklama berish boshqa
gazeta reklamalariga qaraganda 75% ko’proq va ularning 95%
tiraji
250000 dan ko’p bo’lgan gazetalarda chop etiladi.
3.
Ilovalar. Mahalliy rang-barang reklama ko’rgazmasi bo’lib,
bunday reklamalar gazetaning davriyligiga qarab kelgusi oy, yoki haftada
chiqariladigan tovarlarni reklama qiladi.
Har
qanday
gazeta
gazetxonlar
xati,
teleko’rsatuv
va
radioeshittiruvlar dasturi, kundalik munajjimlar bashoratini o’z ichiga
olishi ularni yanada jozibador qilib ko’rsatadi. Agarda gazeta reklama
qilinayotgan tovar yoki firma haqidagi maqolani ham chop etsa reklama
beruvchilar uchun bu yanada foydali bo’ladi.
Gazetaning reklama vositasi sifatida afzalliklari
bilan bir qatorda
ayrim kamchiliklari ham mavjud (14.5-jadval)
14.5-jadval