216
Radio
Auditoriyani tanlash imkoniyati,
ommaviy, geografik va
demografik jihatlarni e’tiborga
olish mumkinligi, ommaviy
qo’llash imkoniyati
Faqat tovushdan iborat ekanligi,
teleko’rsatuvga nisbatan kamroq
samara berishi, reklama
aloqasining qisqa vaqt davom
etishligi
Jurnal
Geografik va demografik
jihatlarni e’tiborga olish
imkoniyatining mavjudligi, yuqori
sifatliligi, ikkilamchi
uquvchilarning mavjudligi
Reklama davri va xarid jarayoni
o’rtasida uzoq muddat o’tib
ketishi, ortiqcha tirajlarning
mavjudligi va muayyan joylarda
reklama qilishga
Tashqi
reklama
Moslashuvchan, qulay narx va
raqobatchilarning kamligi
Auditoriyani tanlash
imkoniyatining yo’qligi, ijodiy
faoliyatning cheklanganligi
Reklama murojaatining chastotasi tanlangan segmentda reklama
murojaatining paydo bo’lishi va almashinishi nazarda tutiladi.
Reklamaning ta’sir kuchi potensial xaridorlarga ta’sir qilish bilan
izohlanadi. Masalan, teleko’rsatuv auditoriyaga radioga nisbatan tez ta’sir
ko’rsatadi.
Ushbu jarayonda bozordagi vaziyatni chuqur tahlil qila olish,
insonlarning axborotni qabul qilish nazariyasini ham puxta o’zlashtirish
muhim xisoblanadi.
Reklama murojaatining muvaffaqiyati
uning kayerda va qachon
nashr qilinishiga ham bog’liqdir. Biror bir reklama vositasini tanlashdan
oldin reklama tadbirlarining maqsadini aniqlash zarur. Reklama
tadbirlarining asosiy maqsadlari quyidagilar bo’lishi mumkin
:
1.
Iste’molchilarning aniq tovar yoki xizmat haqida zarur bilim
darajasini shakllantirish.
2.
Firmaning ijobiy imijini va unga
nisbatan xayrixohlik ruhini
shakllantirish maqsadida ijobiy tajriba va an’analarni yaratish.
3.
Tovar va xizmatlarni xarid qilish.
4.
Tovar va xizmatlarni aniq bir ishlab chiqaruvchi firmalardan xarid
qilish zarurligiga ishontirish va undash.
5.
Tovar
va
xizmatlarga
talabni
shakllantirish
va
sotishni
rag’batlantirish.
6.
Tovar aylanmasini oshirish va aylanishini tezlashtirish.
7.
Mavjud iste’molchilarni tovar va xizmatlarning doimiy xaridoriga
aylantirish.
217
8.
Raqib firmalar orasida ishonchli hamkor qiyofasini shakllantirish.
9.
Firma nufuzini zarur darajada saqlab turish.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, reklama tadbirlari chog’ida yuqorida
sanab o’tilgan maqsadlar o’zaro kesishishi mumkin ekan. Shu munosabat
bilan ushbu maqsadlarni quyidagi uchta guruhga umumlashtirish mumkin:
1-guruh. Firma imijini shakllantirishga qaratilgan maqsadlar
(2, 8,
9). Bu maqsadlar reklamaning iste’molchilarni tovar yoki xizmatlar bilan
tanishtirish, ularning maqsadliligi, asosiy xususiyatlari to’g’risida axborot
berishdir. Bunday reklamalar keng qo’llanilib, odatda strategik maqsadlar
uchun qo’llaniladi. Firmaning imijini shakllantirishga qaratilgan
teleko’rsatuv va radiodagi reklama roliklari, reklama lavha(qalqon)lari,
transport reklamasi,
taniqli gazeta va jurnallar, xomiylik aksiyalarida
ishtirok etish kabilar qo’llaniladi.
2-guruh. Reklamani rag’batlantirishga qaratilgan maqsadlar
(1, 4,
5,
6).
Asosiy
e’tibor
sotishni
rag’batlantirishga
qaratiladi.
Rag’batlantirishga qaratilgan maqsadlar bir vaqtning o’zida firma imijini
shakllantirishga
ham xizmat qilib, jamoatchilikda firma yoki tovarga
nisbatan qiziqish uyg’otadi. Sotishni rag’batlantirishga qaratilgan reklama
vositalari sifatida Gazeta va jurnallarda tez-tez takrorlanadigan
murojaatlar, to’g’ridan-to’g’ri pochta tarqatmalari,
radio orqali reklama,
ko’rgazmalarda ishtirok etish, telereklamadan keng foydalaniladi.
3-guruh. Tovar va xizmatlar sotilishini barqarorlashtirishga
qaratilgan maqsadlar
(3, 7). Bularga firma va tovar haqidagi
ma’lumotlarni o’z ichiga
oluvchi yashirin reklama, ko’rgazmalarda
ishtirok etish, firmaning yillik xisobotlarini nashr qilish, tantanali sanalarni
nishonlash ( firmaning tug’ilgan kuni, 1000 –chi tovar partiyasi, 1000-chi
xaridor va boshqalar) kiradi.
Bosma nashrlar reklama eng ko’p qo’llaniladigan reklama turi va
vositasi hisoblanib, butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan. Odatda unga
gazeta va jurnallardagi reklamalar kiritiladi.