221
kishilik olmoshlari so’z turkumidan iborat bo’lishi ham juda muhim.
Fe’lning qo’llanilishi sarlavhaning e’tiborni jalb qilinishini pasaytirib
yuboradi.
Jurnallardagi reklamaga shuningdek, sarlavhalarning
tasdiq va rad
ma’nosiga yaqin jumlalardan foydalanish ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Oddiy tasdiqlovchi ma’noni anglatuvchi sarlavhalar 50 % diqqatni
oshiradi. Rad ma’nosini anglatuvchi sarlavhalar esa aksincha 37% ga
kishilar diqqatini pasaytiradi (14.6-jadval).
6.
Matn. Jurnallardagi reklama matni qisqa va uzun bo’lishi mumkin.
Qisqa matnlar odatda 50 tagacha so’zni, uzun matnlar esa 250 tagacha
so’zni o’z ichiga oladi. Qisqa matnlarni uzun matnga qaraganda 40 % ko’p
iste’molchilar o’qiydi. Ammo matndagi so’zning 50
tadan oshishi uni
o’qiydiganlar sonining pasayishiga olib kelmaydi. Bundan tashqari qisqa
matnlar kam xarajat talab etiganligi bois ham muhim ahamiyatga ega.
7.
Marka nomi va logotip. Agarda jurnallardagi reklama iste’molchilar
tomonidan kam diqqatni tortsa, u holda
tovarning markasi va firma
logotipidan foydalanish maqsadga muvofiq. Tovar markasi yoki firma
logotipini jurnalning qaysi qismiga joylashtirishning ahamiyati yo’q.
Agarda ularni sarlavhada joylashtiradigan bo’lsak, iste’molchilar uni
yanadi aniqroq ma’lumotga ega bo’lish uchun matndan izlay boshlaydi.
Logotipning iste’molchilar tomonidan identifikasiya qilinishi sahifaning
quyi o’ng burchakda joylashuvida 86 %, markazda 92 %ni tashkil qiladi.
Ammo logotipni boshq tomonlarga joylashtirilganda ham bu ko’rsatkich
88% ni tashkil etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, iste’molchilar har qanday
yo’l bilan ham tovar markasi yoki firmaning
logotipini topishga harakat
qilisharkan.
14.6-jadval