223
Korxona faoliyatida - bu, keyingi mavsum
uchun taklif qilinadigan
dasturlar haqidagi ko’pchilik savdo agentlarni kataloglari. Oddiy
iste’molchilar uchun kataloglar ko’rgazmalarda tarqatilishi mumkin, lekin
odat bo’yicha (bu aksiyani qimmatligi tufayli) savdo agentlar va ulgurji
sotuvchilar orasida tarqatiladi.
Afishalar.
Katta illyustrasiyalardan foydalanadigan katta o’lchamli
reklamali ko’p rangli nashrlar. Afishalar ko’pincha ko’chalarda ishlatiladi,
shuning uchun suvdan himoya qatlamiga ega.
Preys-list.
Korxona tovarlari illyustrasiyasiz va ular narxini ro’yxati.
Press-reliz.
Reklama maqsadida foydalanish uchun o’tkazilgan u
yoki bu aksiya haqida hisobot.
Kalendarlar, aplikasiyalar, tamg’alar, ruchkalar va boshqa
mayda sotish yoki reklama aksiyalarini o’tkazish joyida topshirish uchun
foydalanadigan mahsulotlar.
Tashki reklama.
Shahar va aholi punktlarining ko’chalari va
maydonlaridagi barcha reklama. Tashqi reklamani
mohiyati eslatishdan
iboratdir. Tashqi reklama reklama kompaniyasini boshlab yuborishi
mumkin emas. U kompaniyani davom ettirishi va tugatishi mumkin. Bu
hammasi tashqi reklamani xususiyati bilan bog’liq: ko’chada keta turib uni
ko’rishadi, bir zumda qabul kilinadi. Shuning uchun unga ayniqsa
ravshanlik va kengaytirilgan o’lchamlar, aniqlik va reklama matnlarini
ko’zga tashlanishiga bo’lgan talablar.
Tashqi reklama.
Reklamaning eng qadimgi shakli bo’lib, bugungi
kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Tashqi reklamaning asosiy
funksiyasi OAV tarqatilgan reklamani to’ldirish
va mustahkamlashga
yordam berishdir. Tashqi reklama kishilar bilan
yuzma-yuz to’qnash
kelganligi bois, millionlab auditoriyaga mo’ljallangan.
Tashqi reklama – bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish
maksadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar
belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi va texnologiyalar to’g’risida har qanday
shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlari bo’yicha
tarqatiladigan maxsus axborotdir. Tashqi
reklamaga alohida maxsus
konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda,
yo’l chekkalarida, ko’cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda
joylashtiriladigan reklama kiradi.
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi
mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan o’z vakolatlari doirasida belgilanadi.
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga
kirish joyida shu shaxs to’g’risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning
224
mahsuloti haqida shu bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama
hisoblanmaydi va buning uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining
ruxsatini olish talab etilmaydi. Tashqi reklamani ko’cha yoritgichlarining
tayanchlarida hamda ko’cha va yo’llar qatnov
qismi uzra joylashtirish
xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo’l belgilari,
svetoforlar,
chorrahalar,
piyodalarning
o’tish
joylari,
umum
foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to’sib qo’ymagan holda,
shuningdek bunday reklama yo’l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki
aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlarda
tashqi reklama boshqa reklama vositalariga nisbatan sezilarli ahamiyatga
ega. Tashqi reklama vositalariga ko’cha reklamasi, transport reklamasi va
yorug’lik reklamasini kiritishimiz mumkin.
Tashqi reklamaning imkoniyatlari birmuncha cheklangan. Shu bois u
tovar va xizmatlar, firmalar to’g’risida iste’molchilarga eslatib turadi
holos. Bunday reklamaning murakkab jihati kishilar uni bir ko’rishdayoq
g’oyasini anglashidir. Tashqi reklamalar AQSh,
Yaponiya, Xitoy,
Yaponiya, Italiya, Belgiya, Fransiya kabi mamlakatlarda asosiy o’rinda
turadi va shahar me’morchiligi bilan o’zaro uyg’unlashib ketgan.
Tashqi reklamani afzalligi shundan iboratki, u potensial haridorni
to’satdan va ayni daqiqada, qachonki u harid qilishga, tijorat qarorini qabul
qilishga tayyor bo’lganda, quvlab yetadi.
Barcha tashqi reklama
beruvchilarni bitta savol qiziqtiradi: Kayerda?
Bu tabiiydir, chunki shaharni har bir uchastkasi nufuz bahoga ega.
Neon.
Ko’chalar va maydonlardagi yoritilgan reklama. Neon va
boshqa inert gazlar, lazer texnikasi, turli xil nur o’tkazgichlar
qo’llaniladigan turli xil texnika vositalarini katta miqdori paydo bo’ldi.