227
olishimiz zarur.
Vitrinalar sotish joyidagi reklamaning shakli va do’konning ichki va
tashqi qiyofasini shakllantiruvchi mebel hamdir.
Tovarlarni vitrina orqali namoyish qilish OAV nisbatan ayrim
quylaylik va ustunliklarini namoyon qiladi:
reklama bevosita savdo joyida amalga oshirilganligi bois unga hyech
kim to’sqinlik qilmaydi;
vitrinlarda tovarlarni o’z holicha ko’rish mumkinligi bois uning
rangi, shakli, funksiyalari to’g’risida tezda ma’lumot olish mumkin;
ko’plab xaridorlarning mavjudligi bois tovarni mukammal o’rganish
mumkin.
Vitrinalarning quyidagi turlari mavjud:
Fasadli vitrinalar – do’konning
oynadan iborat old qismi, tashqi
ko’rinishi bo’lib, odatda unga tovarlar qo’yiladi.
Namoyish qiluvchi vitrinalar – xaridorlarni ma’lum bir tovarlar bilan
tanitirish uchun mo’ljallangan bo’lib, hajmi 2, 1x0, 6 o’lchamli shkafdan
iborat. Bunday vitrinalar tovarlarning mavjud modellari, modifikasiyalari
va turli ranglari to’g’risida tanishish imkonini beradi.
Namoyish qiluvchi
vitrinalarning barcha tomonlari shaffof holda tayyorlanadi va tovarlar
barcha tomondan xaridorlarga ko’rinib turadi.
Savdo vitrinalari – o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga asoslangan bo’lib,
butun savdo zali bo’ylab yoki sotuvchiga eng yaqin bo’lgan seksiyaga
joylashtiriladi. Har ikkala holda ham tovar xaridorlarga yaxshi ko’rinishi,
narxko’rsatkich va tovarning tavsifi bo’lishi kerak.
Tovarlarning qadoqlanishi ham o’ziga xos reklama xisoblanadi.
Tovarlarning chiroyli va bejirim qilib qadoqlanishi takroriy xaridlarni ham
rag’batlaydi
Tovarlarning qadog’i xaridorlarga quyidagi
jihatlari bilan qiziqish
uyg’otadi:
tovarlarni zararlanishdan saqlashi;
tovarlarning bir marta foydalanish uchun kerakli miqdorini
aniqlashga yordam berishi;
tovar haqidagi asosiy ma’lumotlarni tarqatishi;
tovarlarni tashish
vositasi ekanligi;
oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni osonlashtirishi;
ikkilamchi tovar sifatida foydalanish mumkinligi;
foydalanish, pishirish va iste’molda qulaylik yaratib berishi;
estetik nuqtai nazardan jozibadorligini oshirishi;
boshqa maqsadlarda foydalanish uchun (shunday
tovar qadoqlari
228
mavjudki, xaridorlar ularni tovarisiz sotib olish imkoni yo’q).