231
iqtisodiy faoliyatining maqsadlari va uning strategiyalari ishlab chiqiladi.
Korxona maqsadi uning asosiy ish faoligi yo’nalishi va rivojlanish
konsepsiyasini aniqlashdir
23
.
Strategiya korxona ilmiy-texnika potensialini va uning resurslarini
hisobga olgan holda, maqsadga yetishni rejasini ishlab chiqishdir.
Korxonaning iqtisodiy siyosatiga quyidagilar kiradi:
−
strategik maqsad
va vazifalarni shakllantirish;
−
korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish;
−
xo’jalik faoliyat yo’nalishining istiqboli va ahamiyatini baholash;
−
strategiyalarni tanlash;
−
har yilgi byudjetni aniqlash.
Strategiyalarni ishlab chiqish oliy darajadagi boshqaruvni yo’lga
qo’yish va quyidagi asosiy vazifalarni yechishga qaratilgan: korxonaning
strategik maqsadini ishlash, uning imkoniyat va resurslarini baholash,
marketing faoliyati sohasining rivojlanishini tahlil qilish, alternativ baho,
istiqbolli rejalarni tayyorlash, dastur, byudjet bo’yicha
strategiyalarni
aniqlash.
Marketingni boshqarishning bosh funksiyalaridan biri – marketing
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Marketing
strategiyasi ulgurji sotuvchilarning iste’molchilarga ta’sir ko’rsatish
vositasidir
24
.
Ulgurji biznesni rivojlantirishda muvaffaqiyat qozonishning asosiy
omili marketing strategiyalarini qay darajada mukammal ishlab chiqilgani
bilan bog’liqdir
25
. Ushbu fikrlardan ko’rinib turibdiki, qaysiki faoliyatda
bo’lmasin, marketing strategiyalari muhim amaliy tadbirlardan biri
hisoblanadi.
Fatxuddinov R.A. marketing strategiyalarini
rejalashtirish va
boshqarishning richaglari(vositasi)dan biri sifatida qaraydi. Strategiyalarni
ishlab chiqish jarayoni: korxonaning potensialini baholash, uning
imkoniyatlari bahosi, tashqi omillar tahlilini o’zi ichiga oladi. Strategik
rejalashtirish
va
boshqarish
bilan
shug’ullanayotgan
korxona
xodimlarining strategiyalarni aniqlash jarayonida qatnashishini tahlil qilish
ham muhimdir
26
.
23
Котлер Ф. Основы маркетинга. Учебное пособие. – М.: Издательский дом «Вильямс», 2010. -656 стр.
24
Фаттахов А.А. Улгуржи савдода маркетинг стратегияси ва унинг самарадорлигини ошириш йўллари.
Иқтисодиёт фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. Т.:-2006
25
Services of Wholesalers to Manufacturers and Retailers. https://accountlearning.com/services-of
26
Фатхуддинов Р.А. Стратегический маркетинг. Учебник.-СПб.: Питер, 2008.-514 с.
232
Korxona strategiyalarining turlari
27
:
1.
Mahsulot-bozor strategiyasi mahsulotlar turini aniqlash, texnologiya,
sotish usullari, raqobatbardoshlik darajasini oshirishga yo’naltirilgan.
2.
Marketing strategiyasi taqsimotni shakllantirish bo’yicha
kompleks
tadbirlar, bozor tadqiqotlarining xarajat darajasi, bozor sharoitida
korxonaning xizmatlarining bozordagi mavqyeining yechimi chuqur
o’rganiladi.
3.
Yangilik kiritish (yangishunoslik) strategiyasi (innovasion siyosat).
Yangi texnologiya va mahsulot hamda xizmat turlarini joriy etish.
4.
Raqobat strategiyasi aniq bozorda yangi faoliyat sektorining
segmentlash yo’llarini aniqlash, xizmatlar sifatini oshirish va xarajatlarni
kamaytirishga yo’naltirilgan.
5.
Sohalarni tiklash (taxlash)ni boshqarish strategiyasi yangi sohalarga
qo’llanilishi mo’ljallangan
mahsulotlar, yangi sohalarning o’zlashtirilishi,
faoliyat turlarining diversifikasiyasiga asoslangan.
6.
O’sish strategiyasi korxona va uning filiallarining realisaziyasining
o’sish sur’atlariga qaratilgan.
7.
Xorijiy investisiyalash strategiyasi korxonaning xorijdagi donorlik
filialini ochish, xom-ashyo, mablag’lar bilan ta’minlashga yo’naltirilgan.
8.
Eksportni
kengaytirish
strategiyasi
xorijiy
iste’molchilar
ehtiyojlariga ishlab chiqarish faoliyatini qaratishga yo’naltirilgan.
Korxona tomonidan ishlab chiqiladigan marketing strategiyalarini
uch darajada ko’rib chiqish mumkin
28
:
korporativ;
funksional;
instrumental
.
Korporativ strategiyalar asosan korxona resurslaridan bozor
ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaxshiroq
foydalanish imkoniyatlarini
belgilaydi. Shu bilan bog’liq holda ular faoliyat hajmining kengayishi,
bozor talabini qondirish, korxona ishchilarining tashabbusini va ijodini
rag’batlantirish, yangi faoliyat sohalarini yaratish kabi masalalarni hal
qilishga moslashtirilgan.
27
Кревенс Девид. Стратегический маркетинг. Учебное пособие. –М.: изд. Дом. “Вильямс”, 2009.-742 с.,
Парамонова Т.Н. Маркетинг. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2010. – 190 с.
28
Котлер Ф. Основы маркетинга. Учебное пособие. – М.: Издательский дом «Вильямс», 2010. -656 стр.
233
Korporativ strategiyalar uch guruhga bo’linadi: portfelli strategiyalar,
o’sish strategiyalari va raqobat strategiyalari.
Marketinning