229
6. Reklama byudjetini tuzish usullari va korxona amaliyotida ularni
qo‘llash shartlarining xususiyatlarini ochib bering.
7. Mahalliy va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan gazeta va
jurnallardan bir nechtasini oling. Ulardagi hamma reklama murojaatlarni
aniqlang (iloji bo‘lsa, kesib oling) va ulardan soni va hajmiga ko‘ra qaysi
ulushi axborot, ishontiruvchi, eslatuvchi reklamaga
taalluqli ekanligani
aniqlang.
8. Samarali bo‘lgan televizion roliklardan ikkita va samarasiz bo‘lgan
roliklardan ham ikkitasini tanlab olishga harakat qiling. Endi esa samarali
roliklar nimasi bilan ustun turishini va samarasiz roliklar nimasi bilan
ulardan orqada qolishini isbotlab bering. Iloji boricha, samarasiz rolikni
tuzatish bo‘yicha o‘z variantingizni keltiring.
9. Sifatli, qiymati yuqori bo‘lgan kir yuvish mashinalarini ishlab
chiqaruvchi korxona raqobatchilardan uzib ketish va iste’molchilarni jalb
qilish uchun ba’zi qimmatbaho komponentlarni
arzonroq detallarga
almashtirish evaziga mahsulot narxini pasaytirish mumkinmi?