225
Brandmauer.
Shitli reklama mahkamlangan
binoni berk devori,
unga panno teriladi yoki shtukaturaga tasvirlar solinadi. Odat bo’yicha
brandmauerdagi reklama juda katta o’lchamlarda bo’ladi.
Shahar transportidagi reklama
. U
shahar transportini barcha
turlarida qo’llaniladi: avtobuslarda, trolleybuslarda, tramvay, taksi,
elektropoyezdlarda.
Yozuvlar va rasmlar faqat transportni bortlarida emas, balki transport
vositasini ichida applikasiyalarni qo’llash mumkin.
Rotafishalar.
bu stasionar, reklama tushirilgan va ichkarisidan
yoritilgan uchburchak, korobka va sharlar.
Elektron tablolar.
Eng gavjum ko’cha va maydonlarda, devorlarda,
uy tomlarida o’rnatiladi yoki maxsus konstruksiyalarda montaj qilinadi.
Elektron tabloda faqat rangli matnli reklamani berish,
balki kino,
video reklamani yoki kompyuter rolikini ko’rsatish mumkin.
Yugirgan qator
. Bu elektron qurilma, unda reklama maktubini matn
turida joylashtirish mumkin. Harflar yuguradi, ularni to’xtatish mumkin,
masalan, rakamlar va telefon sonlarini eslab kolish imkonini berish uchun.
Sendvichmenlar.
Bu maxsus tayyorlangan reklama agentlari. Ularga
«sendvich»- ikki tomonli reklama yozuvi yoki tasviri bilan shit kiydirilgan.
Sendvichmenlar o’z yurish marshrutlarini tanlash
va kelishib olishlari
lozim, bu shaharni eng gavjum joylari bo’lishi kerak. Odatda bunday
agentlar qiziqkan yo’lovchilarga tarqatish uchun reklama varaqalarini ham
kullashadi, va yodlab olingan reklama matnini
aytib berishadi yoki
tushuntirishadi.