222
mashina ishqibozlari uchun (“Avto-
olam”), iqtisodchi
mutaxassilar uchun
(“Moliyachi”,
“Soliqlar
va
soliqqa
tortish”)
Kam tirajli jurnallar kamroq xarajat talab
qiladi. Shuningdek jurnallar muayyan
iste’molchilar segmenti uchun chop etiladi.
Masalan ayollar
uchun ishlab chiqarilgan
tovarlarni ayollar jurnallarida chop ettirish
juda samarali
Jurnallarni ishlab chiqish texnologiyasi
ularga tezkor o’zgartirishlar
kiritishga
imkon bermaydi
Jurnal mutoala qiluvchilarning intellekt
darajasi murakkab reklama matnlarini
joylashtirishda qo’l keladi
Sizning
reklamangiz boshqa reklama
murojaatlari
bilan
o’zining
xususiyatlariga ko’ra raqobatlashadi
Kitob reklamasi
. Oxirgi vaqtda reklama maktublarini yangi kitoblar
nashrida joylashtirish nufuzli bo’lib qoldi. Lekin shuni xisobga olish
kerakki, bundan juda extiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Reklama
kitobni mazmuni va bezashga mos kelishligini hisobga olish zarur.
Kitobda reklama uchun joyni aniq tanlash kerak.
Korxona reklamasini
faqat yo’l ko’rsatkichga (putevodel) qo’shilgan dasturlar bilan bog’lik
kitoblarda, mamlakat haqida ma’lumotnomada (spravochnik), marshrutlari
kezish dasturlarida taklif etilgan mamlakatlar haqidagi badiiy kitoblarda
joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bunday reklama uchun to’lov yuqori va homiylikka yaqinlashadi.
Bunday reklamada qatnashib firma homiylikda qatnashishini ta’kidlaydi
va birato’la o’z imdjini ko’tarishi mumkin.
Bukletlar.
Bitta korxona yoki uni tovarlariga bag’ishlangan maxsus
nashrlar. Bukletlarda reklama matnlari bilan birga korxona birinchi
shaxslarni fotosuratlari
va qisqacha tarjimai hollari, halqaro yarmarka va
ko’rgazmalarda, mamlakatni siyosiy hayotida qatnashishni yoritish qabul
qilingan. Ularni albatta
korxonaga har qanday tashrifda, taqdimotda,
ko’rgazma yoki kontrakt tuzishda beriladi.