226
Yorug’lik reklamasi.
Bino, sotish zallari, ko’rgazma stendlarini
bezash uchun qo’llaniladigan yorug’ tasvirlar. Yorug’lik
reklama
vositalarining quyidagi turlari mavjud:
layt-bokslar - turli shakldagi yorug’lik qutilari bo’lib, lardagi tasvir
o’zgaruvchan va o’zgarmas bo’lishi mumkin;
prizmatron yoki prizmabord – bir vaqtning o’zida uchta qatlamga ega
va ma’lum davr ichida almashinib turadigan turli tasvirli bilbord. Uning
o’lchami ham bilbord kabi (2x3m 6x3 m), tasvirlar almashinishi 5 - 15 s
oralig’ida bo’ladi;
dinamik displey – ichki yoritish tizimiga ega va almashinib turadigan
reklama shiti.
Tashqi video.
Videoroliklari 10 daqiqadan 30
daqiqagacha oraliqda
takrorlanib turadigan elektron displey. Ayrim hollarda reklama
telekanallari ham uzatilish mumkin.
Transport (tranzit) reklama.
Tashqi reklamaning turi xisoblanib
transport vositalari orqali tarqatiladi.. Transport
reklamasi quyidagilarga
joylashtiriladi:
a) transport vositalarida (avtobus, poyezd, yuk mashinalari,
vagonlar);
b) transport vositalarining ichki salonida;
v) vokzallar, perronlar,
dengiz portlari, pristanlar, aeroport,
shahar
transport bekatlarida.