241
takomillashgan “mahsulot-bozor” matrisasining ko’rinishi 15.1-jadvalda
keltirilgan.
15.3. Marketing faoliyatida raqobat strategiyalari
Korxonaga potensial iste’molchilar
va bir vaqtda asosiy
raqobatchilarga nisbatan siyosatni ko’proq jalb qilish mavqyeidan
bozordagi ustunlikni shakllantiradi.
Bu yerda, eng avvalo,
raqobat tahlili
asosida ma’lum jarayon o’rganiladi va korxona o’zining ham, bozordagi
raqobatchilarga ham raqobat ustunligiga baho
berish zaruriyati paydo
bo’ladi. O’z navbatida, raqobat ustunligi raqobatchilarga nisbatan ma’lum
ustunliklarni yaratuvchi korxonaning bozor faoliyati tavsifini ifodalaydi.
Raqobat ustunligini yaratish raqobatchilarning mos harakatlari ustidan
ustunlikni ta’minlovchi tovar, narx,
taqsimlash, rag’batlantirish sohasida
marketing kompleksini tayyorlash bilan bog’liq.
Raqobat strategiyasining marketing ma’nosi
shundan iboratki, ular
korxona tomonidan bozorning ma’lum ulushini ushlab qolishga (bozorning
alohida segmentini) yoki uning ko’payishiga ko’maklashadi. Buning
uchun qo’yidagi model va matrisalar ishlatiladi:
umumiy raqobatchi
matrisa, raqobat kuchi modeli, raqobat ustunligi
matrisasi va raqobatchi
reaksiyasi modeli.