240
tovarlari bilan bog’liq bo’lgan imkoniyatlaridan to’liq
foydalanmagan
bo’lsa.
Korxonaning marketing urinishlari har bir strategik kvadrantning
yo’nalishini shartlab qo’yadi. Xususan,
bozorga kirish strategiyasi, qoida
bo’yicha, an’anaviy xaridorlar bilan tovarlarni rag’batlantirish,
bozor
ulushini ko’paytirish, raqobatchilardan xaridorlarni yoki yangi
iste’molchilarni jalb qilish.
Bozor rivojlanish strategiyasi — bu asosan yangi iste’molchi
segmentlarga, yangi hududiy bozorlarga va
yangi sotish tarmoqlariga
chiqish.
Mahsulot rivojlanish strategiyasi yaxshilangan yoki yangi tovarlarni
tayyorlash (innovasiya, yangi marka, assortiment modifikasiyasi, mahsulot
parametrlarini
yaxshilash,
instrumental
va
emosional
tavsiflarni
rivojlantirish) hisobiga sotuv o’sishiga yo’naltirilgan.
Diversifikasiya strategiyasi yangi bozorlar uchun mo’ljallangan yangi
mahsulotlar bilan bog’liq. Albatta, bu strategiya qiyin va hatarli, chunki u
korxonani yangi sohalarga olib chiqadi. Ularning
muvaffaqiyati uchun
yirik kadr va moliya resurslarini jalb qilish talab etiladi.
Ushbu matrisa 1975 yilda A.J.Steyner tomonidan takomillashtirilib,
mavjud mahsulot va bozor tasnifiga quyidagi qo’shimchalar kiritilgan:
mavjud mahsulot va bozorga aloqasi bo’lgan
yangilik;
tubdan yangi mahsulot va bozor.
15.1-jadval