249
Bozor vaziyati va uning istiqbollari bo’limida taqdim qilingan
axborot asosida bozor, tovar, raqobatchilar va tovarlarni tarqatish tahlil
qilinadi. Korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlarini tahlil qilishdan maqsad
tovarga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan asosiy xavflar va imkoniyatlarni
tasvirlashdir. Moliyaviy va marketing maqsad va vazifalari bo’limida
mazkur tovar bo’yicha korxonaning vazifalari ifodalanadi. Shu jumladan,
sotilishlar hajmi,
bozor ulushi, sof foyda, narxlar darajasi ko’rsatkichlari,
shuningdek, shu vazifalarni bajarish vaqtida korxona duch kelishi mumkin
bo’lgan muammolar ham yoritiladi.
16.1-jadval
Marketing rejasi va uning tarkibiy qismlari
Bo’limlar
Mazmuni
Kirish
Reja bo’limlaridan qisqacha xulosalar
1. Bozor vaziyati va
uning istiqbollari
Marketing muhiti, iste’molchilar,
raqobatchilar va
ularning tovarlari, sotish kanallari to’g’risidagi
ma’lumotlar tahlili
2.
Korxona
imkoniyatlarining tahlili
Qulay omillar va xavf-xatarni baholash
3.
Moliyaviy
va
marketing maqsad va
vazifalar
Sof foyda, sotilishlar hajmi, bozor ulushi,
narxlar
darajasi, reklama bilan qamrab olish va hokazo
ko’rsatkichlar
4.
Marketing
strategiyasi
Muammolar, ularni yechishning yo’llari va variantlari
5. Harakatlar dasturi
Nima qilish kerak? Qachon? Kim shu uchun javob
beradi? Natija qanday bo’lishi kerak? Buning qiymati
qancha bo’ladi? degan savollarga javob
6. Byudjetlar
Natijalar va xarajatlarni taqqoslash
7.
Nazorat
va
tartiblashtirish
Ta’sirchanlikning tahlili
va rejadagi harakatlarni
o’zgartirish bo’yicha tadbirlar
Marketing strategiyasi rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun
foydalanadigan umumiy marketing yondashuvidan iborat. Harakatlar
dasturlari nima, kim tomondan va qachon amalga oshirilishini va buning
qiymati qancha bo’lishini belgilaydi. Byudjetlar — bu kutiladigan xarajat
va daromadlar. Ular mazkur rejaning bajarilish
natijalarini oldindan
moliyaviy baholashga imkon beradi va, nihoyat, nazorat va tartiblashtirish
rejaning bajarilishi qanday nazorat qilinishi va rejadagi xatti-harakatlar
o’zgartirish bo’yicha tadbirlar qanday amalga oshirilishini ko’rsatadi.
250
Rejani amalga oshirish uchun javobgarlik marketing xizmatiga
yuklatiladi. Bunda marketing rejasini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
asosiy tadbirlar va vaziflarni belgilab beradigan harakatlar dasturi,
shuningdek,
rejalashtirish, axborot olish, byudjetni tuzish, mehnatga haq
to’lash,
rag’batlantirish
bilan
bog’liq
bo’lgan
jarayonlar
muvofiqlashtiriladigan qarorlar va rag’batlashlarni qabul qilish tizimi eng
muhim bo’lib hisoblanadi.