248
XVI BOB. MARKETING FAOLIYATINI REJALASHTIRISH
16.1. Marketing rejasi va uning asosiy tarkibiy qismlari.
16.2. Marketing faoliyatini strategik rejalashtirish.
16.3. Marketing byudjeti.
16.4. Marketing nazorati.
16.5. Marketing samaradorligi.
16.1. Marketing rejasi va uning asosiy tarkibiy qismlari.
Korxonaning marketing
rejasi byudjet taqsimoti, ishlab chiqarish
rejasi, sotish rejasi bilan bir qatorda faoliyatni rejalashtirishning kalitidir.
Korxonaning yillik rejasi korxonaning umumiy maqsadlarini belgilaydi.
Raqobat muhitida korxonaning ishlash uchun marketing rejasi muhim
o’ringa ega. Shu nuqtai nazardan, marketing rejasi umumiy yillik rejaning
boshqa bo'limlariga nisbatan
ustunlik qiladi, chunki:
marketing rejasining maqsadlari yillik rejaning boshqa bo'limlari
bajarilishiga bevosita ta'sir qiladi;
marketing rejasida qayd etilgan qarorlar kompaniyaning aynan
nimani ishlab chiqarishi, qanday
narxda va qayerda sotishi, qanday
reklama qilinishini belgilaydi.
Marketing
rejasi
korxonaning
marketing
faoliyati
bilan
shug'ullanuvchi xodimlar ishida asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
Marketing rejasi sayohatchining marshrutiga o'xshaydi. U ham
xarita, ham kompasdir. Marketing rejasi
korxonaning joriy holatini
(joylashuvini), harakat yo’nalishini, maqsadli nuqtalarni qamrab oladi. Eng
muhimi, korxonaning mo'ljallangan maqsadlarga erishishi uchun qilishi
kerak bo'lgan harakatlarini belgilaydi.