O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/212
Sana17.05.2024
Hajmi2,17 Mb.
#239950
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   212
Bog'liq
Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

Foydalilik nazorati
turli mahsulotlar, hududlar, iste’molchilar 
guruhlari, tovar harakati kanallarining foydaliligini ta’minlash maqsadida 
baholash va o‘zgartiruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishdan iborat. 
Amalda marketing samaradorligi nazorati marketing kompleksining 
alohida elementlari jihatidan amalga oshiriladi, ya’ni mahsulot, narx, 
mahsulotni siljitish va mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish. Mahsulot 
siyosati nazorati doirasida iste’molchilar nuqtai nazaridan alohida 
mahsulotlarning xususiyatlari, ularning markirovkasi va o‘ramining sifati 
baholanadi. Narx iste’molchilar va savdo vositachilari nuqtai nazaridan 
tahlil qilinadi, raqobatchilarning narxlari bilan solishtiriladi. 
Mahsulotlarni siljitish sohasida nazorat reklama kompaniyalari va 
mahsulotlarni siljitish kompleksi boshqa elementlarining samaradorligini 
baholashdan iborat (savdo va iste’molchilarni rag‘batlantirish, yarmarka va 
ko‘rgazmalarni o‘tkazish va hokazo). 
Mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish jarayonini nazorat qilish 
ikki qismga bo‘linadi: 1) alohida tovar sotish kanallari harakatining 
samaradorligini baholash; 2) sotish xizmati ishining samaradorligini 
baholash. 
Marketing faoliyatining samaradorligi darajasi faqatgina joriy 
faoliyat natijalari bilan belgilanib qolmaydi. Yuqori samaradorlik shu bilan 
belgilanishi mumkinki, tashkilot savodli va muvofiqlashtirilgan holda 
strategak yo‘nalishda marketingni amalga oshiradi. Shuning uchun ko‘p 
korxonalar marketing faoliyatining umumiy samaradorligini muntazam 
ravishda baholab boradilar. Bunda ikki qurol qo‘llaniladi: korxona 
rahbarlarini anketa so‘roviga tortish va marketing auditi asosida har 
tomonlama baholashni o‘tkazish. 


264 
Mazkur holda marketingning strategik samaradorligini belgilaydigan 
yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatadilar: iste’molchilarga yo‘nalganlik, 
marketingning 
tashkiliy 
integratsiyalashuvi 
darajasi, 
marketing 
axborotining adekvatligi, strategik yo‘nalganlik, joriy marketing faoliyatini 
boshqarish samaradorligi. 

Download 2,17 Mb.
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   212




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish