255
3.
Marketing tadqiqotlari
va axborot ta’minoti
harajatlari
−
konsalting xizmati uchun qilinadigan harajatlar;
−
marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq
harajatlar;
−
marketing
tadqiqotlari
rejasidan
tashqari
harajatlar.
4.
Reklama harajatlari
−
reklama vositalari uchun harajatlar (TV, tashqi
reklama, merchendayzing
va boshqalar uchun
harajatlar)
−
taqdim
etilayotgan
mahsulotga
harajatlar
(suvenirlar, bukletlar, kataloglar va boshqalar).
5.
Sotishni
rag‘batlantirish
harajatlari
−
sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini tashkil etish
harajatlari (lotareya, tanlovlar, viktorinalar);
−
ko‘rgazma
va
yarmarkalarga
qatnashish
harajatlari;
−
mukofot harajatlari (bonuslar, sovg‘alar)
Shu yerda bir narsani qayd etib o‘tish joizki, 2010 yilda O‘zbekiston
Respublikasi hukumati tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 23-
moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar natijasida alkogol
ichimliklarni reklama qilish qat’iy man etildi.
Reklama maqsadida tovar
namunalarini, futbolka, bosh kiyimlarga alkogol ichimliklar ishlab
chiqaruvchining brendi tasvirlangan
tovarlarni tarqatish, korxona
transporti, jamoat transportlarida,
tashqi reklama, sotishni rag‘batlantirish
tarbirlari, aksiyalar o‘tkazish kabilar mamlakatimizda umuman mumkin
emas. Qolgan tovar ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilarning
marketing harajatlarining qarib 50 foizini tovarni siljitish jarajatlari tashkil
etadi.
16.4-jadval