262
Sotilishlarning tahlili turli mahsulotlarning
turli bozorlarda haqiqiy
sotilish hajmini bu sohada qo‘yilgan vazifalarga nisbatini o‘lchash va
baholash maqsadida amalga oshiriladi. Bozor ulushining tahlili
korxonaning raqobatchilarga nisbatan
bozordagi holatini aniqlash
maqsadida amalga oshiriladi.
16.5-jadval
Marketing faoliyatida marketing nazoratining turlari
Nazorat
turlari
Asosiy javobgarlik
Nazoratning maqsadi
Yillik reja
nazorati
Oliy rahbariyat,
o‘rta bo‘g‘in
menejerlar
Quyidagi rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar
natijalarini tahlil qilish:
sotish hajmini;
bozor ulushini tahlil qilish;
harajatlar va sotuv hajmi;
iste’molchilar fikrining tahlili.
Foydalilik
nazorati
Marketing
faoliyatining
nazoratchisi
Kompaniya qayerda pulni qo‘lga kiritib,
qayerda
yo‘qotayotganini
tekshirish.
Foydalilik quyidagilar bo‘yicha
tahlil
qilinadi:
tovarlar;
hududlar;
iste’molchilar;
bozor segmenti;
taqsimot kanallari;
buyurtmalar hajmi.
Samaradorlik
nazorati
Chiziqli va shtab
xizmatlarining
rahbarlari.
Marketing
faoliyatining
nazoratchisi
Marketing faoliyatining samaradorligini
baholash
va
oshirish.
Marketing
harajatlarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
tahlil qilish:
sotuvchilar ishi;
reklama;
sotishni rag‘batlantirish;
taqsimot kanallari.
Strategik
nazorat
Oliy rahbariyat,
marketing
auditorlari
Kompaniya
bozorlar,
mahsulotlar
va
kanallarga nisbatan o‘z imkoniyatlarldan
yaxshi foydalanmoqdami:
marketing auditorlari;
marketing samaradorligining tahlili.
Marketing harajatlari va sotilishlar
hajmi harajatlari quyidagi
ko‘rsatkichlardan iborat: savdo agentlari faoliyatining harajatlari sotilishlar
hajmiga nisbati; reklama harajatlarining sotilishlar hajmiga nisbati;
sotishni rag‘batlantirish harajatlarining sotilishlar
hajmiga va sotish
263
bo‘limlarining ma’muriy harajatlari sotilishlar hajmiga nisbati. Marketing
harajatlari va sotilishlar hajmi o‘rtasidagi munosabatni tahlil qilish haqida
gapirsak, u korxonaga marketing harajatlarining samaradorligini
baholashga va ularning eng qulay kattaligini aniqlashga imkon beradi.
Tahlilning miqdor turlari bilan bir vaqtda sifat o‘lchashlarni ham olib
borish kerak. Ularning natijalari rahbariyatni sotilishlar hajmida ro‘y
berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ogoh etishi mumkin. Gap
iste’molchilar, dilerlar va bozorning boshqa sub’ektlarining
fikri va
munosabatini o‘rganish haqida bormoqda. Bunda iste’molchilarning
og‘zaki va yozma shikoyatlari sinchiklab o‘rganiladi, maxsus
iste’molchilar
panellari tuziladi, iste’molchilarning qisqa muddatli
tadqiqotlari olib boriladi.