251
vaziyatlari uchun ishlab chiqiladigan vaziyatli rejalarni qo’llashga
asoslanadi.
Rejalashtirish jarayonining bevosita o’zi quyidagi o’zaro bog’liq
elementlardan iborat: tahlil, rejalashtirish, realizasiya va nazorat. Bu
jarayon har qanday rejalashtirish turlari uchun universaldir.
Tahlil
— mazkur korxonada yuzaga kelgan vaziyatni batafsil
aniqlash va, asosiysi, uning rivojlanishiga ko’maklashuvchi va xavf-
xatardan qochishga imkon beradigan haqiqiy imkoniyatlarni aniqlashni o’z
oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Korxona
ishida -yillik, uzoq muddatli va strategik rejalar qo’llanadi.
Eng sodda bo’lib -yillik reja hisoblanadi, unda kelgusi -yilga maqsadlar,
xatti-harakatlar dasturi, strategiya, byudjet va nazorat shakllari to’plangan
bo’ladi. Shu bilan birga unga detallashgan darajada mahsulotlar
nomenklaturasi, ularni ishlab chiqarish hajmi, narxlari, xarajatlari, siljitish
usullari, sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish shakllari va hokazo kiritiladi.
Uzoq muddatli reja kelgusi bir necha -yilga tuziladi va, odatda, har -yili
unga ichki va tashqi sharoitlarga ko’ra o’zgartirishlar kiritiladi.
Strategik reja korxonaning keng istiqbolini qamrab oladi va korxona
imkoniyatlari (potensiali) va atrof-muhit (bozor)ning tez o’zgarib turuvchi
sharoitlari o’rtasida qulay nisbatni saqlab turish va mustahkamlash uchun
qo’llanadi. Demak, strategik reja muayyan vaqt ichida tashkilotga ta’sir
qilishi kutilayotgan asosiy omillar
va kuchlarni tasvirlaydi, shuningdek,
uzoq muddatli maqsadlar va asosiy marketing strategiyalarini amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan resurslarni o’z ichiga oladi. Oxirgi vaqtlarda
korxona ishining amaliyotida biznes-rejalarni ishlab chiqish tobora keng
tarqatilmoqda. Shu bilan bog’liq holda korxona rejalashtirish umumiy
tizimida biznes-rejaning o’rnini aniqlash maqsadga muvofiq deb topiladi.
Kichik korxonalar uchun bitta biznes-reja tuzilishi mumkin bo’lsa ham,
ko’pchilik korxonalar uchun biznes-reja ishlab chiqarish — xo’jalik va
sotish faoliyati rejalaridan biridir.
Rejalashtirish jarayonida asosiy o’rinni strategik rejalashtirish
egallaydi. Strategik rejalashtirish menejmentning funktsiyalaridan biri
bo'lib,
u kompaniya, korxona maqsadlari va ularga erishish yo'llarini
tanlash jarayonidir. Strategik rejalashtirish barcha boshqaruv qarorlari
uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Strategik rejalashtirish jarayoni to’g’ridan-
to’g’ri marketing faoliyati bilan bog’liq.
Marketing faoliyatini strategik rejalashtirish har qanday korxona
ishining ajralmas qismi bo'lib, uning maqsadi raqobatbardoshlik va
252
foydani oshirishdir. Rejalashtirish marketingni boshqarish tizimining eng
muhim bo'g'inidir.
Strategik rejalashtirish korxonaning quyidagi maqsadlariga erishish
uchun zarur:
yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish;
korxona tomonidan boshqariladigan
bozor ulushini oshirish;
tovar yoki xizmatlarni o’z vaqtida yetkazib berish hamda yoqori
darajali servis ko’rsatish;
raqobatchi korxonalar tomonidan amalga oshirilayotga taktika va
strategiyalarni hisobga olish;
bozorda yuqori obro'-e’tiborni yaratish va qo'llab-quvvatlash.
Marketing faoliyatini strategik rejalashtirishda marketing xizmatining
roli juda muhimdir. Bu narsa marketing strategik rejani ishlab chiqish
uchun zaruriy boshlang’ich ma’lumotlarni taqdim etishi, qo’yilgan vazifa
va maqsadlarni bajarish uchun strategiyani yaratishda ishtirok etishi va,
nihoyat, asosiy marketing konsepsiyasi, ya’ni korxona strategiyasini
iste’molchilar
asosiy
guruhlarining
talab
va
ehtiyojlariga
yo’naltirilishining ta’minlashi bilan tushuntiriladi.
Boshqa tomondan marketing xizmati korxonaning har bir xo’jalik
birligi (bo’limi)ni baholash bo’yicha kerakli
ishlarni amalga oshiradi va
ular uchun maqsadlarni va ularga erishish chora-tadbirlarini belgilab
beradi.
Aytilganlarga yakun yasab, marketingni rejalashtirishda milliy
korxonalarimiz tomonidan qo’llanilishi kerak bo’lgan bir nechta
tamoyillarni ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchidan, bu rejalashtirish
jarayonining ko’p variantli vaziyatli harakteri, ikkinchidan, korxonalarning
turlari, ularning
maqsad va vazifalarining, chiqarayotgan mahsulotining
xilma-xilligi o’z navbatida marketing faoliyatini rejalashtirishni tashkil
etishga yondashuvlarning ham xilma-xilligini keltirib chiqaradi,
uchinchidan, rejalashtirishning uzluksizligi xususiyati, korxona faoliyatiga
ta’sir etuvchi barcha o’zgarishlarni darhol rejalarga kiritish va,
to’rtinchidan, rejalashtirishga tizimli yondashuv va marketingni
rejalashtirishda
ishtirok
etuvchilarning
hammasi
tushunadigan
konsepsiyaning mavjudligi.
Ishlab chiqilgan strategik reja qo’yilgan maqsad va vazifalarga
qanchalik
javob berishini, kutiladigan natijalar qanday bo’lishi va ularga
erishish ehtimoli qandayligini quyidagi savollarga javob berish orqali
aniqlash mumkin:
Reja haqiqiy va barqaror afzallikni beradimi?
253
Zaruriy resurslar va xizmatlarga yo’nalganlik bormi?
Boshlang’ich axborotning sifati qanday?
Xavf-xatar darajasi qanday va qanday omillar muvaffaqiyat yoki
mag’lubiyatni belgilaydi?
Reja elementlari o’zaro muvofiqlashtirilganmi va ular tashqi hamda
ichki muhit xususiyatlariga mos keladimi?
Rejaning haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy jozibaligi qanday?