245
Segmentasiya strategiyasini amalga oshirish firmaning missiyasini
aniqlashdan boshlanadi. U firmaning iste’molchiga mo’ljallangan
istiqboldagi asosiy funksiyasini, rolini tasvirlab beradi. Uchta fundamental
savolni qo’yish va ularni yechish kerak:
Qanday biznes bilan shug’ullanmoqchimiz?
Qanday biznes bilan shug’ullanishimiz kerak?
Kanday biznes bilan shug’ullanmasligimiz kerak?
Bu savollarga to’g’ri javob berish uchun qo’yidagi tamoyillarga amal
qilish kerak:
xaridor uchun tovar — bu u beradigan foyda (manfaat) dir;
hyech kim tovarni o’zicha sotib olmaydi,
xizmatni bajarish va
muammoni yechish talab etiladi;
har xil texnologiyalar bir yechimga olib kelishi mumkin;
texnologiyalar tez-tez o’zgarib turadi, asosiy ehtiyojlar esa barqaror
bo’lib qoladi.
Qondirilishi kerak bo’lgan ehtiyojlar, funksiyalar
yoki funksiyalar
kombinasiyalari qanday (nima)?
Qondirilishi kerak bo’lgan har xil iste’molchilar guruhlari qanday
(kimni)?
Bu funksiyalarni amalga oshira oladigan mavjud texnologiyalar
(yechimlar) qanday?
Grafik tarzda buni qo’yidagi chizma orqali tasvirlash mumkin (15.5-
rasm)