246
Bu chizmani ishlatish va uning asosida segmentasiya setkasini ko’rish
uchun alohida holda bu uch o’lchovni tasvirlaydigan mezonlarni belgilash
va har bir segmentning tahlilini amalga oshirish kerak. Bu tahlil asosida
firma qo’yidagi qarorni qabul qiladi: qanday tovar (tovar guruhlari) bilan
va qanday bozorlar (segmentlar)da bugun va kelajaqda ishlash maqsadga
muvofiq?
Qisqacha xulosalar
Marketing strategiyasi deganda ma’lum muddatga belgilangan
korxonaning
bozordagi
xatti-harakatlari
tamoyilining
modelidan
foydalanish tushuniladi. Uning yordamida korxona o’z muvaffaqiyatini
ta’minlashga intiladi.
Marketing
strategiyasi
bu – maqsadlarni shakllantirish, ularga
erishish va belgilangan muddat uchun har bir alohida bozor bo’yicha va
har bir tovar uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi
korxonaning vazifalarini
bajarishdir. Strategiya bozor vaziyati va korxona imkoniyalariga to’liq
mos ravishda ishlab chiqarish-tijorat faoliyatini amalga oshirish maqsadida
shakllantiriladi.
Korxona tomonidan ishlab chiqiladigan marketing strategiyalarini
uch darajada ko’rib chiqish mumkin:
korporativ;
funksional;
instrumental
.
Korporativ strategiyalar asosan korxona resurslaridan bozor
ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaxshiroq
foydalanish imkoniyatlarini
belgilaydi. Shu bilan bog’liq holda ular faoliyat hajmining kengayishi,
bozor talabini qondirish, korxona ishchilarining
tashabbusini va ijodini
rag’batlantirish, yangi faoliyat sohalarini yaratish kabi masalalarni hal
qilishga moslashtirilgan.
Korporativ strategiyalar uch guruhga bo’linadi: portfelli strategiyalar,
o’sish strategiyalari va raqobat strategiyalari.
Marketinning
funksional
strategiyalari korxona tomonidan maqsadli
bozorlarni tanlash va ular uchun mos strategiyalarni
ishlab chiqishga
qaratilgan. Ular ham uch guruhdan iborat, ya’ni: bozorni segmentlash
strategiyalari, mavqyelashtirish va marketing kompleksi strategiyalari.
Marketingning instrumental strategiyalari
korxonaga marketing
kompleksi doirasida (tovar, narx, siljitish, sotish) maqsadli bozordagi
marketing harakatlarining samaradorligini oshirish uchun eng yaxshilarini
tanlab olishga (vujudga kelgan bozor holatini hisobga olgan holda)
247
imkoniyat beradi. Strategiyalarni to’rt guruhga bo’lish mumkin:
tovar
strategiyalari, narx strategiyalari, taqsimlash va siljitish strategiyalari.