269
mahsulot (ish, xizmat)lar tarkibining iste’molchilar talabiga mos
kelishi koeffisiyenti. Bu ko’rsatkich tovar
zahiralarida turib qolgan
(o’tmas) tovarlarning hissasi ko’rinishida tavsiflanadi. Bu ko’rsatkichning
o’sishi ijtimoiy samaraning pasayayotganidan darak beradi. Erkin
iqtisodiyot sharoitida mahsulot (ish, xizmat)ning sifati va uning
iste’molchi talabiga mos kelishi uchun kurash
korxonalar faoliyatining
asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
reklama vositasida mahsulot (ish, xizmat)larning mavjud turlari bilan
iste’molchilarni tanishtirish darajasi. Hozirgi paytda haridorni tovarlarning
xususiyatlari, sifati va boshqa afzalliklari ko’proq qiziqtiradi. Bu
masalalarda esa unga reklama yordam beradi. Uning mahsulot (ish,
xizmat)larni iste’molchilarga tanishtirish darajasini o’rganishda turli
shakldagi
reklamalardan
(televideniye,
radio
va
gazetalardan,
sportchilardan) foydalanuvchi korxonalar hissasini aniqlash kerak bo’ladi;
iste’mol savatchasi doirasida iste’molni ta’minlash
koeffisiyenti va
boshqalar.