270
Marketing byudjeti rejalashtiriladigan
daromadlar va harajatlar
asosida resurslarni taqsimlash va nazoratni amalga oshirishga doir to‘g‘ri
qarorlar qabul qilish maqsadida turli tovar va iste’molchilar guruhlari
(maqsadli bozorlar)ga nisbatan ishlab chiqiladi.
Marketing nazorati – marketing faoliyatida qaror qabul qilish
jarayoni va qabul qilingan qarorlarni amalga
oshirish hamda marketing
boshqaruvining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida
marketing nazorati boshqaruvning yakuniy bosqichi bo‘lish bilan birga
yangi marketing strategiyalari va rejalarini ishlab chiqish hamda amalga
oshirishni boshqarish jarayonidir.
Marketing
samaradorligini
marketing
faoliyatining
yakuniy
ko’rsatkichlari (savdo hajmi, foyda, bozor ulushi)ning marketing
xarajatlariga nisbati sifatida aniqlash mumkin. Umuman korxonaning
yakuniy natijasida marketingni ulushini aniqlash ancha qiyin. Bundan
tashqari,
marketing
samaradorligi
strategik
jihatdan,
marketing
xizmatining samarali ishlashi bilan ham tavsiflanishi mumkin.