271
XVII MAVZU: INTERAKTIV VA RAQAMLI MARKETING
17.1. Internet marketing tushunchasi.
17.2. E-mail marketing.
17.3. Mobil marketing tushunchasi.
17.4. Raqamli marketing tushunchasi. SEO, SMM tizimlar.
17.5. Pull va Push strategiyalar.
17.1. Internet marketing tushunchasi.
Interaktiv marketing
iste’molchilarga to’g’ridan-to’g’ri kompaniya
bilan bog’lanish uchun ikki tomonlama aloqa kanallaridan foydalanadigan
marketing strategiyasidir. Ushbu almashuv
shaxsan amalga oshirilishi
mumkin bo’lsa-da, so’nggi o’n yilda u deyarli faqat onlayn tarzda elektron
pochta, ijtimoiy media va bloglar orqali amalga oshirilmoqda.