234
maksimallashtirish emas,
balki barqarorlik, doimiy xarajatlar, bozor
ulushining
yetarligi
va iste’molchilarning e’tiborini qozonishga
erishishdan iborat.
Hozirgi industrial jamiyatda iste’molchilar «o’rtacha» xaridorga
mo’ljallangan tovarlar bilan qoniqib qolmaydi,
shuning uchun firmalar
ommaviy va differensiallashgan marketing usullaridan tobora ko’proq
konsentrlashgan marketing texnikasiga o’tmoqdalar
29
.
Segmentasiya strategiyasini amalga oshirish firmaning missiyasini
aniqlashdan boshlanadi. U firmaning iste’molchiga mo’ljallangan
istiqboldagi asosiy funksiyasini, rolini tasvirlab beradi. Uchta fundamental
savolni qo’yish va ularni yechish kerak:
Qanday biznes bilan shug’ullanmoqchimiz?
Qanday biznes bilan shug’ullanishimiz kerak?
Kanday biznes bilan shug’ullanmasligimiz kerak?
Bu savollarga to’g’ri javob berish uchun qo’yidagi tamoyillarga amal
qilish kerak:
−
xaridor uchun tovar — bu u beradigan foyda (manfaat)dir;
−
hyech kim tovarni o’zicha sotib olmaydi, xizmatni bajarish va
muammoni yechish talab etiladi;
−
har xil texnologiyalar bir yechimga olib kelishi mumkin;
−
texnologiyalar tez-tez o’zgarib turadi, asosiy ehtiyojlar esa barqaror
bo’lib qoladi.
Qondirilishi kerak bo’lgan
ehtiyojlar, funksiyalar yoki funksiyalar
kombinasiyalari qanday (nima)?
Qondirilishi kerak bo’lgan har xil iste’molchilar guruhlari qanday
(kimni)?
Bu funksiyalarni amalga oshira oladigan mavjud texnologiyalar
(yechimlar) qanday?
Umuman korxonalarda strategiyalar umumiy missiya, ya’ni
maqsadlardan kelib chiqib shakllanadi. Korxona boshqaruvining turli
darajalarida strategiyalar qabul qilinib, ularning barchasi pastdan yuqoriga,
yuqoridan pastga qarab amalga oshirilib kelinadi.
Korxonalardagi
strategiyalarni darajasini 15.1-rasmdan ham ko’rish mumkin.
29
Котлер Ф. Основы маркетинга. Учебное пособие. – М.: Издательский дом «Вильямс», 2010. -656 стр.,
235
15.1-rasm. Korxona strategiyalarining darajalari.
Demak, marketing strategiyalari ham ushbu strategiyalar darajasida
shakllanadi.
Marketing
strategiyalari
korxonaning
imkoniyatlari,
resurslarini bozor vaziyatidan kelib chiqqan holda eng maqbul variantda
ishlatishdir. Marketing strategiyalari korxona maqsadlaridan kelib chiqqan
holda, ishlab chiqaruvchi korxonalarning alohida bozor bo’yicha va har bir
tovar uchun belgilangan vazifalarini bajarishdir. Marketing strategiyalari
bozor vaziyati va korxona imkoniyalariga to’liq mos ravishda ishlab
chiqarish-tijorat faoliyatini amalga oshirish maqsadida shakllantiriladi.