209
munosabatni, ya’ni korxona «imijini» yaratish
Tovarlarni
ommaviy
sotish bosqichi
Sotilishlarning erishilgan darajasini saqlab turish
Xaridorlar doirasini barqarorlashtirish
Tovarlar chiqishining o’sishini
hisobga olgan holda
sotilishlarni kengaytirish
Talabning
o’zgarishi
bosqichi
Eslatish
Tovarlarni
almashtirish
yo’li
bilan
ustuvor
yo’nalishlarni aniqlash
Xaridorlarni boshqa tomonga yo’naltirish
Reklamali ta’sirning faol dasturi tovarning ishlab chiqaruvchidan
iste’molchiga tomon bo’lgan yo’lining boshidan oxirigacha mavjud
bo’lishi kerak. Reklama vositalaridan foydalanishni bilmaganda,
bozorga
faol ta’sir etish imkoniyati, sotish bozorlari uchun raqobatli kurashda
o’ziga muvaffaqiyatni ta’minlash imkoniyati keskin kamayib boradi.
Reklama iste’molchilar uchun savdo va boshqa korxonalarni,
tovar va
xizmatlarni erkin tanlash imkoniyatini yaratishi kerak.
Har bitta reklama belgilar kompleksini qanday yaratishi, tovarlarning
«imijlari» qandayligi nuqtai nazaridan qaralishi kerak. Obrazni yaratish
(imijbilding) – zamonaviy reklamaning eng samarali usullaridan biri. Agar
ishlab chiqaruvchilar o’zining tovarlari uchun keskin ifodalangan o’ziga
xos xususiyatlarini ko’rsatuvchi eng qulay imijni yaratishga o’z
reklamalarini yo’naltirsalar, pirovard natijada bozorning eng katta ulushi
va eng yuqori daromadlarga ega bo’ladilar. Masalan, «Adidas» firmasining
mahsulotlari butun dunyoda sog’lom
hayot tarzi, sportdagi muvaffaqiyatlar
bilan bog’lanib ketadi, «Roleks» soatlari, «Kross» va «Parket»
avtoruchkalari esa omadli biznesmenning belgilaridir.
Hozirgi vaqtda, G’arb mutaxassislarining fikricha, tovarlar raqobati
brendlar raqobatiga aylanib qoldi. Rossiyalik reklamist I.Rojkov
bunday
hodisani quyidagicha tavsiflaydi: «Brending – bu o’ram, tovar belgisi,
reklama murojaatlari, seylz-promoushn materiallari va boshqa reklama
elementlarining birgalikda iste’molchiga ta’sir
qilishiga asoslangan
tovarga bo’lgan uzoq muddatli afzal ko’rishni yaratish bo’yicha
faoliyatdir».
Reklamaning funksiyalari uning yuqoridagi maqsad va vazifalaridan
kelib chiqqan holda quyidagilardan iborat:
axborot funksiyasi – tovar va xizmatlar, ularni ishlab chiqaruvchi,
tarqatuvchi va sotuvchlar to’g’risida zarur ma’lumotlarni tarqatish;
iqtisodiy funksiyasi – sotish hajmini oshirish,
pul oqimlarini
ko’paytirish va foydani oshirish;
210
marketing funksiyasi – tovarlar, xizmatlar, g’oyalarni
bozorda
siljitish, ularni va ishlab chiqaruvchilarni ommaga ma’lum qilish;
kommunikasion funksiyasi – ommaviy va maqsadli auditoriyaga
ta’sir ko’rsatish;
ijtimoiy-tarbiyaviy funksiyasi – ommaviy ongni shakllantirish.