203
qo’yish. Buning uchun tashviqot, matbuot, ko’rgazmalar va yarmarkalarda
ishtirok etish, firma uslubini saqlab turish qo’llaniladi.
Talabning shakllanishi (TASh) xaridorga tovarning mavjudligi
haqidagi
xabarni yetkazish, bu tovar orqali qondiriladigan ehtiyojlar
haqida unga ma’lumot berish, bu ehtiyojlarning
qondirilish sifatini
isbotlovchi dalillarni keltirishdan iborat.
Tayanch so’z va iboralar.
Tovarlarni siljitish, reklama,
shaxsiy
sotish, sotishni rag’batlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar, shaxsiy
kommunikasiya kanali, noshaxsiy kommunikasiya kanali.
O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar:
1. Siljitishning asosiy vositalarini ayting
va ularning mohiyatini
tavsiflab bering.
2. Kommunikativ model nima degani va u qanday tuziladi?
3. Marketing kommunikatsiyalarida motivatsiyaning roli nimadan
iborat?
4. Sotishni rag’batlantirish deb nimaga aytiladi?
5. Sotishni rag’batlantirishning qanday usullari, vositalari va shakllari
mavjud?
6. Shaxsiy sotuv nima?
7. PR tadbirlarining o’ziga
xos xususiyatlari, tadbirlarni tashkil etish
yo’nalishlarini tushuntirib bering.
8. Talabni shakllantirish tadbiri qanday amalga oshiriladi?
9. Yarmarka va ko’rgazmalarning maqsadi nimadan iborat.